Yangi tashabbus iqlim o‘zgarishi ta’siriga munosabat bildirish maqsadida iqlimga bardosh rivojlanish orqali issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini nol daraja bo‘lishiga yetishish uchun uni qisqartirishga milliy darajada aniqlanadigan hissadan foydalanishga yo‘naltirilgan
Yaponiya hukumati O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysini iqlim o‘zgarishiga bardoshli rivojlanishiga ko‘mak berish uchun BMTTDga bir million AQSH dollari ajratmoqda
2-February, 2022
O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining o‘tkir chaqiriqlariga javoban Yaponiya hukumati BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilarining tirikchiligi uchun iqlim o‘zgarishiga bardoshli bo‘lgan mablag‘ manbalarini yaratish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish uchun qariyb bir million ($ 956 147) AQSH dollarini ajratishni ma’qulladi. Loyiha qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishining ta’siri va oqibatlariga moslashuviga, hamda Farg‘ona vodiysida iqlim o‘zgarishiga bardoshli bo‘lgan rivojlanish tufayli havoga tashlanayotgan issiqxona gazlari darajasini nolga yetkazishga hissa qo‘shadi. Masalan, issiqxona gazlarini qisqartirishda milliy miqyosda belgilangan hissalarni amalga oshirish yo‘lida sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sektorlarida resurslarni tejovchi texnologiyalari qo‘llanilishi, qishloq xo‘jaligi yerlarini unumdorligini oshirish va suv resurslarini boshqarish tizimlarining takomillashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Iqlim bo‘yicha Parij shartnomasi doirasida qabul qilingan ikkinchi milliy miqyosda belgilangan hissalardaO‘zbekiston havoga tashlashlarni qisqartirish bo‘yicha rejalarini 300 foizga yetkazdi, 2030 yilga borib issiqxona gazlarini YaIM birligiga solishtirganda tashlanishni 2010 yil darajasiga nisbatan 35 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda, bu esa dastlabki milliy miqyosda belgilanganhissalarda bayon qilingan 10 foizlik qisqartirishdan ko‘proqdir. Ikkinchi milliy miqyosda belgilangan hissalardagi moslashuv choralari qishloq hamjamiyatlarini iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatlarni qamrab oladi. |
Bir yilga mo‘ljallangan loyiha tashabbusini ishga tushirish 2022 yilning mart oyiga rejalashtirilgan va u O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Farg‘ona vodiysidagi mahalliy hamkorlar bilan amalga oshiriladi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsadga Farg‘ona vodiysida agrometeorologik stansiyalar tarmog‘ini kengaytirish, masofaviy qamrov va zamonaviy modellashtirish asosida agrometeomonitoring uchun aqlli operatsion tizimni ishlab chiqish, hamda bashoratlashtirish va erta ogohlantirish tizimlar ishonchliligini oshirish orqali erishiladi.
Irrigatsiya maqsadlari uchun suv bilan ta’minlanish bo‘yicha bashoratlash va erta ogohlantirish tizimi qishloq xo‘jaligi ekinlarini asoslab rejalashtirilgan ekishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, loyiha Farg‘ona vodiysida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi hamjamiyatlarga agrometeorologik axborot xizmatlarini taqdim etishga qaratiladi. Ularga bashoratlashning takomillashtirilgan kuzatuv ma’lumotlari va iqlimga chidamli bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha tegishli maslahat xizmatlari taqdim etiladi, hamda ular iqlimni o‘zgaruvchanligi meva va sabzavot ekinlarini yetishtirishni rejalashtirishga ko’rsatadigan ta’siri haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.
Xususiy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday choralar koronavirus pandemiyasidan keyingi davrda xususiy meva-sabzavot biznesini tiklanishida iqlim xatarliklaridan muhofaza qilishda eng muhim va zarur hisoblanadi. Shuningdek, loyiha transchegaraviy hududlardagi kuzatuvlar natijasida olingan gidrometeorologik axborotni almashish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash orqali Farg‘ona vodiysida yashovchi qo‘shni davlatlar hamjamiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda 1951 yildan beri kuzatilayotgan iqlim ilishi jarayonlari jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ikki karra balandroq bo’lib chiqdi va keng ko‘lamli iqlim xatarliklari mavjudligini ko’rsatdi. Ayniqsa murakkab vaziyat Orolbo‘yi hududida va Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida yuzaga keldi, bu yerda qurg‘oqchilik, cho‘llanish va ekstremal mavsumiy ob-havo hodisalari iqlim o‘zgarishi bilan yanada murakkablashmoqda va mahalliy aholining asosiy farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda. Demak, hosildorlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari unumdorligi pasayishining oldini olish, yordamga eng muhtoj aholi guruhlarini tirikchiligi uchun vositalar va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi sektorida zudlik bilan ilmiy jihatdan asoslangan moslashuv choralarini qo‘llash zarur.
Yaponiya hukumati va BMTTD hech kimni ortda qoldirmaydigan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishni qamrab oluvchi davlat islohotlari dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli loyihalar va tashabbuslar doirasida amalga oshirilayotgan O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirmoqdalar.