Zamonaviy avtomatik gidropostlarni ishlatish bo’yicha Farg’ona vodiysida mutaxassislar tayyorlandi

10-July, 2023
Image: UNDP Uzbekistan

Oʻzbekistonning kichik daryolarida suvning maksimal yuzasi mart-iyun oylarida kuchli yogʻingarchiliklar tufayli hosil boʻladi. Shu bois mamlakatimizda xavfli gidrometeorologik hodisalardan erta ogohlantirish choralarini kuchaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

BMTTD loyihasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan hamkorlikda Farg‘ona Vodiysining kichik daryolaridagi 11 ta gidropostlarga avtomatik suv sarfini o’lchash gidrologik postlar o‘rnatdi. Avtomatlashtirilgan gidropostlar suv resurslarini monitoring qilish samaradorligini va aholini iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan tabiiy ofatlar to‘g‘risida xabardor qilish tezligini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4896-sonli qaroriga ko’ra Qorabagʻij, Maylisuv, Sarikanda, Uchqoʻrgʻon, Gova, Chodak, Kal, Kosonsoy, Shoximardansoy va Dugoba gidrologik postlarni avtomatlashtirishda qo‘yiladigan talablar inobatga olingan. 

Image: UNDP Uzbekistan

2023-yilning 3-5 iyun kunlari Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent shaharlarida “Avtomatlashtirilgan gidropostlardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusida bir qator amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashgulotlarda Ozgidromet hududiy bolinmalari va Suv xojaligi vazirligining 80 dan ortiq davlat xizmatchilari va mutaxassislari faol ishtirok etdiUshbu amaliya treninglar BMT Taraqqiyot Dasturining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” mintaqaviy loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan tashkil etildi.

Image: UNDP Uzbekistan

Mutaxassislartoliq va ishonchli gidrologik malumotlarni qabul qilgach tabiatda sodir bolishi mumkin bolgan hodisalarini oldindan bashorat qila oladiva Fargona vodiysi aholisini oz vaqtida xabardor qilish imkoniyatiga ega boladiShuningdekfermerlar iqlim o'zgarishini hisobga olgan holda agrotexnik ishlarni rejalashtirish va qishloq xo'jaligi ishlarinining xarajatlarini  kamaytirish uchun ma'lumotlar oladi.

Shuni ta'kidlash joizki ta'kidlash joizkihar bir avtomatlashtirilgan gidropostdan olingan ma'lumotlar har 15 daqiqada yangilanib turadi va O'zgidrometning respublika serveri va boshqa bolinmalarga uzatiladi.

Bunday avtomatlashtirilgan gidropostlarini meteorologik kuzatuvlar uchun www.data.meteo.uz yagona platformaga birlashtirish natijasida respublika hududini toʻliq qamrab oluvchi erta ogohlantirish tizimi yaratilishi rejalashtirilgan.