NAP
Iqlim o'zgarishiga moslashish
Loyihaning qisqacha tavsifi:
Iqlim o‘zgarishi butun dunyoda misli ko‘rilmagan tezlik va shiddat bilan sodir bo‘lmoqda va uzluksiz iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, yerlari iqlim oʻzgarishi sabab qurgʻoqchilikka juda tasirchan boʻlgan Oʻzbekiston uchun jiddiy va asosiy muammolardan biriga aylangan. Bundan korinib turiptiki, davlat iqlim o‘zgarishiga moslashishni rejasini o’z strategik rejalari qatoriga qo’shishi lozim. O‘zbekistonning kam daromadli aholi qatlami mamlakatning eng qurg‘oqchil hududlariga to‘g’ri keladi va ushbu qatlam ko’p holatlarda qishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu hududlarda iqlim sharoiti va tabiiy resurslarning mavjudligining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanlik darajasi oshib bormoqda. Buni hisobga olgan holda, hukumat iqlim o‘zgarishiga moslashish rejasini zudlik bilan qabul qilish zarurligini o’z oldiga maqsad qildi. Taklif etilgan loyiha, O‘zbekistonning yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarining bir qismi sifatida ilgari surilib, O‘zbekistonning iqlimga ta’sirchan bo‘lgan tarmoqlari va hududlari uchun iqlim o’zgarishlariga moslashishni rejalashtirish jarayonini muvofiqlashtirishga qaratilgan uch yo’nalish bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali maqsadga erishishni rejalashtirgan.
Asosiy maqsadlar:
Loyiha mavjud institutsional va texnik imkoniyatlarni kuchaytirish orqali millliy moslashishni rejalashtirish ishlab chiqish, hamda iqlim o’zgarishlariga moslashish masalalarini milliy va mahalliy moliyalashtirish tizimlariga integratsiya qilishni o’z oldiga maqsad qilip qo’ygan. Bu mavjud asoslar va tizimlarni mustahkamlash, asosiy manfaatdor tomonlarning salohiyatini oshirish, moslashishni rejalashtirish jarayoniga samarali hissa qo‘shish uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirish va jarayonni barqarorlashtirish mexanizmini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Kutilayotgan natijalar:
- 2025 yilga qadar, Oʻzbekistonning iqlim o’zgarishlariga ta’sirchan hududlari va aholi qatlami iqlim oʻzgarishi va ofatlarga nisbatan chidamliligi ortgan boʻlib, tabiiy resurslar va infratuzilmani barqaror va gender masalalarini qamragan holda samarali boshqarish, kuchli iqlimiy chora-tadbirlar, atrof-muhitni masalalarini qamrab oluvchi boshqaruv va himoya tizimiga erishish.
- Iqlim o’zgarishlarini bo’yicha ma'lumotlar va xavf-xatarlardan ogoh taraqqiyotga qaratilgan qonunchilik, rejalar, tizimlar va moliyalashtirish tizimlari orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va ularni yumshatish hamda inqirozning oldini olish uchun integratsiyalashgan yechimlarni berish.