O'zbekistonning Farg'ona vodiysida meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o'zgarishiga moslashuvini oshirish
O'zbekistonning Farg'ona vodiysida meva-sabzavot yetishtiruvchilarning iqlim o'zgarishiga moslashuvini oshirish
Qisqacha tavsifi
Iqlim o'zgarishiga moslashish mamlakat uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi, chunki harorat ortishi dunyoda qayd etilgan o'rtacha ko'rsatkichdan ikki barobar tezroq yuz bergan holda, suv tanqisligi, qurg'oqchilik ortishi va favqulodda ob-havo hodisalari tez-tez takrorlanishiga sabab bo'lmoqda. Bu holat inson xavfsizligi uchun jiddiy muammolarni, jumladan iqtisodiy, oziq-ovqat va ekologik xatarlarni yuzaga keltirib, tezkor, inson hayotiga yo'naltirilgan va marginallashtirilgan guruhlarni e'tiborga oluvchi choralar ko'rilishini taqozo etadi. Qishloq hududida bandlikning muhim sektori hisoblangan qishloq xo'jaligi iqlim o'zgarishiga ta'sirchandir.
Loyiha agrometeorologiya axboroti xizmatlarini Farg'ona viloyatida bog'dorchilik sektorida band bo'lgan zaif qishloq xo'jaligi jamoalariga yo'naltiradi. Loyihaning faoliyati agrometeorologiya kuzatuvlari va prognozlash tizimlarini yaxshilash, meva-sabzavot xo'jaliklari uchun iqlim o'zgarishiga chidamli xizmatlarni kengaytirish, shuningdek iqlim o'zgarishini inobatga olgan holda rejalashtirish tizimlarini joriy etish orqali ushbu jamoalarning ehtiyojlarini qondirishga qaratiladi.
Kutilayotgan natijalar:
Loyihani amalga oshirishdan bevosita 1 450ta benefitsiar va bilvosita 9 876 000 nafar odamning foyda olishi rejalashtirilgan.
- 1-Natija: loyihaning 300ta bevosita benefitsiari meva-sabzavot mahsulotlarining iqlimga chidamliligini oshirish – qishloq xo'jaliklari va kichik/o'rta qishloq xo'jaligi korxonalari (gender jihatlar va yoshlarni jalb qilish masalalarini hisobga olgan holda);
- 2-Natija: kamida 10ta yirik avtomatlashtirilgan agrometestansiya/postlar, 10ta kichik va arzon agrometeostansiya hamda kamida 10ta portativ meteostansiyaning isbotlangan axborot/tavsiyalaridan foydalanish imkoniyati;
- 3-Natija: Farg'ona vodiysidagi uch viloyatning 40ta tumani qamrab olinishi ehtimoli bilvosita tarzda yashash uchun vositalar ortishiga ta'sir ko'rsatib, ushbu hududda yashovchi 9 876 000 nafar odamning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaydi;
- 4-Natija: 1,4 mln dehqon va fermerlar (O'zbekiston qishloq aholisining 3 foizi) iqlim prognozlaridan bilvosita foyda olib, erta ogohlantirishlar Farg'ona vodysidagi agrometeorologiya kuzatuvlarining modernizatsiyalangan tarmog'i orqali shakllantiriladi.