[YAKUNLANGAN] Raqamli Transformatsiya
O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish
Loyihaning qisqacha tavsifi:
Bu BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qo‘shma loyihasi bo‘lib, O‘zbekiston hukumatining inklyuziv raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Asosiy maqsadlar:
Loyihaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 1) inklyuziv, gender jihatdan muvozanatli raqamlashtirishni targʻib qilish uchun asosiy davlat institutlarining imkoniyatlarini kengaytirish 2) raqamli innovatsiyalarning afzalliklarini koʻrsatish uchun davlat va nodavlat sektorlarida (sogʻliqni saqlash, tilshunoslik, diplomatiya) raqamli yechimlarni joriy etish.
Kutilayotgan natijalar:
- Hukumatga raqamli rivojlanish milliy dasturiga inklyuzivlik va tenglik tamoyillarini integratsiya qilish bo‘yicha maslahatlar berish orqali O‘zbekistonda inklyuziv raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish.
- Hukumatning raqamli ma’lumotlar va sun’iy intellekt bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytirish.
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, “Elektron hukumat” loyihalarini boshqarish markazi, IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda inklyuziv raqamli va maʼlumotlarni boshqarish, raqamli koʻnikmalar, raqamli innovatsiyalar (raqamli salomatlik, sunʼiy intellekt) ga eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekistonda raqamli transformatsiyani ilgari surish boʻyicha uzoq muddatli va keng koʻlamli tashabbusni ishlab chiqish.