[YAKUNLANGAN] Yoshlarining ijtimoiy uyg'unligi
Farg'ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg'unligi
Qisqacha tavsif:
Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar jarayoniga jamoatchilik moslashuvini qo‘llab quvatlash, shuningdek joylardagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga islohotlar kun tartibini inklyuziv tarzda yetkazib berish imkonini yaratish. Tez suratlarda demografik jihatdan o‘sib borayotgan va mamlakat kelajagining poydevori hisoblangan yoshlarga qaratilgan islohotlar jarayoni bilan bog'liq bo'lgan keskin o‘zgarishlar sharoitida ularning e’tibordan chetda qolmasliklarini ta’minlashga qaratilgan. Amaliy jihatdan, loyihaning maqsadi yosh ayollar va yigitlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan teng huquqli foydalanishlarini ta'minlash va ularning ijobiy natijalaridan bahramand bo'lish, shu bilan birga ularning o’z kelajaklari to'g'risida yanada kuchli ovozga ega bo’lishlariga imkon berishdir.
Kutilayotgan natijalar:
- Maqsadli hududlardan tanlab olingan yosh xotin-qizlar va yigitlarning yetakchilik, aloqa qilish, vositachilik va targ‘ibot borasidagi ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida ta’lim dasturlari va yozgi oromgohlarni tashkil etish, muhim sheriklar sifatida tanlangan yoshlarning o‘z hududlarida amalga oshiriladigan islohotlarda fuqaroviy ishtiroklari hamda qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini rag’batlantirish.
- Faol yoshlar (Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligining hududlardagi vakillari) uchun o‘z fikrlari va tashvishlarini bildirish borasida ko‘maklashishga yo‘naltirilgan muloqot maydonchalarini yaratishga qaratilgan treninglar o‘tkazish.
- Yosh xotin-qizlar va yigitlar uchun barqaror investitsiyalar, menejment, innovatsiyalar, biznes va byudjetni rejalashtirish, kredit olish va boshqa mavzularda o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkillashtirish..
- Namunaviy loyihalar, kichik grantlar, innovatsion tashabbuslar yoki ijtimoiy korxonalar bilan amaliyotlar o‘tkazish uchun ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarga (asosan ayollar va yoshlarga e’tibor qaratgan holda) yo‘naltirilgan kichik loyihalar, innovatsion g‘oyalar uchun mikro grantlar, startap madaniyatini targ‘ib qiluvchi va boshqalar.
- Startaplar, ochiq ma’lumotlar xakatonlari, dasturchi ayollarning tashabbuslari,Technovation Challenge tashabbuslari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.
- Farg‘ona vodiysidagi maktab bitiruvchilari uchun O‘zbekiston va xorijda ishga joylashishga ko‘maklashuvchi yo‘riqnoma tayyorlash.
- Farg‘ona vodiysi yoshlarining media va axborot savodxonligini baholash.