Genderga nisbatan sezgir yuridik yordam

Genderga nisbatan sezgir yuridik yordam

25-November, 2024

Ushbu qo‘llanma yuridik yordam ko‘rsatuvchilarga gender zo‘ravonligi sodir etgan shaxslarni milliy qonunchilik doirasida javobgarlikka tortishga va gender zo‘ravonligi qurbonlarini sud jarayoni davomida qo‘llab-quvvatlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan.

Qo‘llanma faqat gender zo‘ravonligidan jabrlangan ayollarga qaratilgan, chunki aksariyat hollarda aynan ayollar va qizlar gender zo‘ravonligidan jabr ko‘radilar. Ammo ayollarning ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ham uchrab turishini (ayniqsa, bir xonadonda yashovchi ko‘p avlodli oilalarda kelin va qiz farzandlar (opa-singillar) uydagi boshqa ayollar (asosan qaynona) tomonidan zo‘ravonlikning turli shakllariga duchor bo‘lishlarini) ta’kidlash joiz. Erkaklar va o‘g‘il bolalar ham gender zo‘ravonligi qurbonlari bo‘lishlari mumkin, ammo bunday holatlar haqida juda kamdan-kam hollarda xabar qilinadi. 2023-yilning aprel oyidan oktyabr oyigacha bo‘lgan davrda sudlar tomonidan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka oid jami 2 008 ta jinoyat va 5 639 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rilgan . 2023-yilda gender zo‘ravonlik qurbonlariga 32 733 ta himoya orderi berilgan. Shuningdek, 2 282 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-1 moddasiga asosan himoya orderi talablarini bajarmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ushbu qo‘llanma hamkorlar va soha mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi natijasidir. Xususan, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi xodimlariga, ularning hamkor nodavlat notijorat tashkilotlariga ushbu qo‘llanmani yozishda qo‘llab-quvvatlaganliklari va amaliy yordamlari uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hamkor nodavlat notijorat tashkilotlarining barchasi O‘zbekistondagi gender zo‘ravonligiga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Document Type
Regions and Countries
Topics