Qo‘llanma: Shikoyatlar va takliflarni ko‘rib chiqish mexanizmi

Qo‘llanma: Shikoyatlar va takliflarni ko‘rib chiqish mexanizmi

13-December, 2023

Shikoyatlar va takliflarni ko‘rib chiqish mexanizmi (GRM) fuqarolar va jamoalar uchun, BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha fuqarolarga yoki ular yashab turgan atrof-muhitga salbiy ta'sir etgan bo'lsa yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisoblansa, bevosita BMTTDga shikoyat va takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatini beradi.

Inklyuzivlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida qurilgan samarali GRM fuqarolar va loyiha o‘rtasida ishonch va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur qo‘llanmada GRM faoliyatining asosiy tushunchalari va tamoyillari, shikoyat va takliflar berish usullari va kanallari haqida ma’lumot berilgan.

Ushbu tashabbus BMTTD, FVV va O‘zgidromet xizmatining “O‘zbekiston aholisining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” nomli qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.