Uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkorligi va kam uglerodli uy-joy haqida xabardorligi va uning afzalliklari bo'yicha hisobot

Uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkorligi va kam uglerodli uy-joy haqida xabardorligi va uning afzalliklari bo'yicha hisobot

11-May, 2024

Ushbu hisobot uy-joy mulkdorlarining energiya tejamkor va kam uglerodli turar-joy binolari haqidagi tushunchalari, shuningdek, bunday uylarning energiya harajatlarini kamaytirish, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish va turmush sifatini yaxshilashdagi ahamiyati haqida xabardorligini o’rganish maqsadida o’tkazilgan tadqiqot natijalarini taqdim etadi. Hisobotda uy-joy mulkdorlari orasida o’tkazilgan so’rovnoma orqali olingan ma’lumotlar tahlili, hamda ma’lumotni tarqatish va maqsadli auditoriya orasida ushbu mavzuga qiziqishni oshirish bo’yicha tavsiyalar keltirilgan.

Tadqiqotning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Maishiy energiya iste’moli joriy holatini o’rganish;

  • Qurilish va kundalik hayotda energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalar haqida aholining xabardorlik darajasini baholash;

  • Energiya samarador va kam uglerodli uy-joy bo’yicha erkaklar va ayollar orasidagi xabardorlikdagi farqlarni o’rganish;

  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga ta’siri haqida erkaklar va ayollarning tushunchalarini tahlil qilish;

  • Qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanishga, masalaning moliyaviy jihatlari va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishini inobatga olgan holda, ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;

  • Ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘quv dasturlarini kiritish zaruriyatini aniqlash.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals