Gulnur Kaypnazarova suhbatlashdi
Oilaviy dehqonchilikning yangi ufqlari: Orolbo‘yi sharoitlarida fermer golubika mevasini yetishtirmoqda – muammolar va imkoniyatlar
3-June, 2024
Bahorning shamolli kunlaridan birida biz yaxshi xabar oldik, BMTTD mutaxassislari golubikaning «Dyuk» navi ko‘chatlarini olib kelishdi, bundan biz nihoyatda xursand bo‘ldik.
Men – Pirleshbay Allaniyazov, Orolbo‘yi mintaqasida fermerlik bilan shg’ullanaman. Umrimning aksariyat qismini dalalar, ekinlar qurshovida o‘tkazdim, 30 yil davomida o‘zim tug’ilib j’sgan Kegeyli tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida ishladim. Men fermerlik faoliyatimni 1991 yilda 14 sotokli kichik yer maydonida meva-sabzavot yetishtirishdan boshlaganman. Kasbimga ishtiyoqi baland o‘g‘lim Allambergen 12 yoshida menga qo‘shilib o‘rik, uzum, olma, nok yetishtirishda yo`rdam berishni bo`shladi.
Orolbo‘yining cheksiz kengliklari orasida biz yangi ufqlarni kashf etishga, qishloq xo‘jaligimizni yangi ekinlar, aynan rezavor mevalar bilan boyitishga qaror qildik. Mintaqamiz uchun mos keladigan rezavorlar turlarini puxta o'rganib chiqib, tuproqning yuqori kislotaliligini talab qilishiga qaramasdan (pH taxminan 3,5-5 bo'lishi kerak), biz golubikani tanladik. Qoraqalpog'iston sharoitida golubika mevasini yetishtirish va uni joriy etish g'oyasi va istagi menda avvaldan bor edi. Bizning mintaqamizda golubika ko’chatxonalari yo’q, bundan tashqari, hududimiz cho‘llanish va tuproq sho‘rlanishiga moyil bo’lgani sababli bunday ishga qo’l urish avvalida anch murakkab ko’rindi. Golubika yetishtirish – alohida e'tibor va g'amxo'rlik talab qiladigan haqiqiy san'atdir. Bu o'simlik uchun odatda bog'bonlar foydalanadigan go'ng, kompost yoki yog’och kuli kabi o'g'itlardan foydalanish mumkin emas.
Men boshlagan ishlardan ilhomlangan o‘g‘lim, oilaviy tadbirkorlikni davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida agrotexnologiya sirlarin o’rganmoqda. Allambergen golubika yetishtirish uchun ariza topshirdi va BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligi sohasining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, Orolbo‘yida mahalliy fermer va dehqon xo‘jaliklari barqarorligini ta’minlash tashabbusi doirasidagi loyihani 75 tup golubika hiholidan boshladik.
Golubika nihollari sog'lom o'sishi uchun ularga maxsus yordam – mikoriza kerak. Bu zamburug'lar va o'simlik ildizlari ozuqa moddalarini almashish uchun birgalikda ishlaydi. Zamburug'lar ildizlarga tuproqdan suv va mineral moddalarni olishga yordam beradi va buning evaziga ular fotosintez orqali o'simlik ishlab chiqaradigan shakarni oladi. Bu o‘simliklarning kuchli va sog‘lom o‘sishiga imkon beradigan o‘zaro manfaatli hamkorlikka o‘xshaydi.
Golubika mevalari bozorda eng xaridorbop rezavorlardan biri hisoblanadi. Sog'liq uchun foydasi va ta'mli xususiyatlaridan tashqari, 10 ta golubika ko'chati har bir oila uchun muhim moliyaviy yordam bo'lishi mumkin. BMTTD qo'llab-quvvatlashi ostida biz golubika mevasini yetishtirish bo‘yicha o‘z tajribalarimizni o‘rtoqlashib, faoliyatimizda muvaffaqiyatlarga erishib, hududimizdagi boshqa fermerlarga ham yo‘l ochib beramiz, deb o‘ylaymiz.