Shvetsiyalik ko'ngillining sayohati
Orzular haqiqatga aylanganda
31-May, 2022
Maya Lyofstryom Shvetsiyaning g'arbiy sohilida joylashgan aholisi 35 000 kishilik mo’jazgina Varberg shahridan. Uning otasi boks bo'yicha murabbiy, onasi esa port yaqinidagi ustaxonada shisha bilan ishlaydi. Kichkina qizaloqligida, Maya ulg'ayib, o’z kasbi orqali dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirishni orzu qilardi. Avvaliga Maya psixolog bo'lishni va odamlarga yordam berishni xohlar edi, lekin pirovardida u ijtimoiy ishchi sohasiga o'qidi. Uning so’zlariga ko’ra, bu soha keng va bu yo’lda o’z hayotini yanada erkin qurish imkonini beradi.
Mayaning o’z yo’lini topish sari intilishlarida bosh yo’lboshchisi va tayanchi otasi Yuxa bo’ldi; U doimo unga ishongan va uni ukasi bilan teng ko’rgan. Boks bilan shug'ullanganib kelgan Yuxa, Mayani o'zi uchun kurashishga o'rgatgan va uni doimo o'z orzulariga erishishga undab kelgan. U Mayani hech qachon hech narsada cheklamagan. Magistraturada o‘qish deysizmi, dunyo bo‘ylab sayohat qilishmi yoki BMTTDda ko‘ngilli bo‘lib ishlash uchun O‘zbekistonga ko‘chib o‘tish bo‘ladimi, u nimaga qo’l urishni xohlasa, otasining yordamiga ishonishi mumkin bo’lgan.
Bundan tashqari, Yuha feminist va ayollar huquqlari faolidir. U Shvetsiyadagi feministlar partiyasiga ovoz berib keladi va Xalqaro xotin-qizlar kunida (8-mart) gender tengligini targ'ib qilishdan to'xtamaydi. Mayaning fikricha, tobora ko'proq ayollar ularga zudlik bilan tayanch ko’rsatilishiga va atroflaridagi erkaklar tomonidan yo’l qo’yiladigan kamsitish va jinsiy tegajog’lik xolatlariga mutlaqo toqat qilmaslik muhitining yaratilishiga muhtojlar. "Taqlid qilish uchun namuna bo’la oladigan otam misolining mavjudligi meni juda g'ayratli va kuchli insonga aylantirdi"- deydi u.
Qizig'i shundaki, onasi ishda band bo’lganligi bois ota-onalik ta'tiliga asosan Mayaning otasi chiqqan. “Fikrimcha, mening gender tengligi mavzusiga bo’lgan kuchli ishtiyoqim sababi ham ana shunda; Men barcha ayollar va qizlar men bilan bir xil imkoniyatlarga ega bo'lishlarini va zo'ravonlikdan omon qolganlar boshpanalarida ishlayotgan chog’larimda uchratgan ko'plab huquqlari cheklangan ayollarning men singari o'z oilalarining tayanchini his qilishlarini istayman.
Maya o'qishni tugatgandan so'ng, oilaviy zo'ravonlikdan omon qolganlar bo’yicha ihtisoslashtirilgan boshpanada ishlay boshladi. Bu zo'ravonlikning bir ko'rinishi bo'lib, bunda ayolning butun oilasi yoki ba'zan erlarining oilasi (yoki ikkala oila) unga nima qilish mumkinligi yoki nimalar qilish mumkin emasligini belgilaydi.
"Bu vaqt mobaynida men ayollardan juda ko'p yurakni jumbushga keltiradigan hikoyalarni tingladim va hayotimni gender tengligi va ayollar huquqlari uchun kurashishga bag'ishlashga qaror qildim." Maya boshpanada yashab kelgan ayollardan biri u bilan baham ko'rgan hayratlanarli voqeani yodga oladi: “Yana o'z oilasi tomonidan ham qaynona-qaynotasidan tomonidan ham unga ko’rsatilgan dahshatli zo'ravonlikka duch kelgan. Unga o'z orzularini amalga oshirishga ruxsat berilmagan, aksincha, u o'zi yoqtirmagan yumushlarni bajarishga majbur bo'lgan." Bunday hikoyalar Mayaning ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi; Ammo, bularning barchasi u bundan buyon o'z hayotini Yana kabi ayollarga yordam berishga bag'ishlamoqchi ekanligini anglab yetdishiga turtki berdi.
Keyin Maya gender tengligi masalalari ustida chuqurroq ishlash orqali o'z hissasini qo'shishi mumkin bo'lgan boshqa ish imkoniyatlarini qidira boshladi. U doimo, vaqti kelib unda butun dunyo bo'ylab gender tengligi va ayollarga nisbatan zo'ravonlik masalalarini chuqurroq tushunish uchun xalqaro tajribaga ega bo'lish istagi paydo bo’lishini bilar edi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ko‘ngillilar Dasturi (UNV)ga ariza topshiradi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga ishga taklif qilinadi. U o'z karyerasini gender mutaxassisi sifatida boshlagan. Bu rolda gender asosidagi zo'ravonlikka barham berish, gender tengligini targ'ib qilish va gender tamoyillarini joriy etish sohalarida zarur bo’lgan yordamni ko’rsatib keladi. Uning so’zlariga ko’ra, u boshpanalarda zo’ravonliklar qurbonlari bilan ishlash bo’yicha faoliyati davomida orttirgan tajribasi hamda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga bo'lgan ishtiyoqi birgalikda ideal juftlikni hosil qilgan. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Mayaning o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatini shu qadar yuqori baholadiki, uning ish muddatini uzaytirish va uni bosh mutaxassis lavozimiga ko‘tarishni taklif qildi.
Mayaning aytishicha, bugungi kunga qadar O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi doirasidagi eng yoqtirgan tajribalaridan biri shved mutaxassislari tajribasidan foydalangan holda Oʻzbekistondagi boshpanalar va davlat idoralari xodimlari uchun gender asosidagi zoʻravonlik boʻyicha treningning tashkil etilishi boʻlgan. Bu o’rganish uchun muhim imkoniyati bo‘ldi, chunki tadbir O‘zbekistonda bir necha yangi boshpana tashkil etilgan vaqtga to’g’ri keldi va mas’ul rasmiy shaxslar shved modelidan ilhom olish imkoniga ega bo’lishdi, bu model nafaqat ayollarni bevosita zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida ish olib boradi, balki jinoyatchilarni reabilitatsiya qilish va davolashga ham e’tibor qaratadi.
Uning aytishicha, u O'zbekistonda ish yuritgan davr hayotidagi ham kasbiy ham shaxsiy jihatdan orttirgan e'ng qimmatli tajriba bo'gan. U kasbi sohasida o'sishga erishdi va BMT tizimi va gender tengligi bilan qanday qilib yanada chuqurroq strategiya asosida ishlash haqida ko'p narsalarni bilib oldi.
Maya O'zbekistonni eslaganida avvalam bor milliy taomlarni, ayniqsa, palovni, ajoyib insonlarni va O'zbekiston bo'ylab sehrli Buxoro va Samarqand shaharlariga qilgan sayohatlarini yodga oladi. “Shaxsan men”, – deydi u, – “O‘zbekistonning mamlakat sifatida buyukligini his qilish barobarida, bu mamlakatning ajoyib odamlarini chuqur anglashga muvaffaq bo‘ldim. Taqdirimdan O‘zbekistonda ishlaganim uchun doimo minnatdor bo’laman. Hozirgi missiyam yakunlangach, men butun dunyo bo'ylab gender tengligini rivojlantirishga hissamni qo'shishni davom ettirish uchun BMT bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqchiman.
"Taqdirimdan O‘zbekistonda ishlaganim uchun doimo minnatdor bo’laman. Hozirgi missiyam yakunlangach, men butun dunyo bo'ylab gender tengligini rivojlantirishga hissamni qo'shishni davom ettirish uchun BMT bilan hamkorlik qilishni davom ettirmoqchiman".Maya Lyofstryom