Mediatorlarga muhtojlik: huququqiy nizolarni sudsiz murosa yoʻli bilan hal etish

31-August, 2020

Image: UNDP Uzbekistan

Sayyora va Ma’sud mushkul ajrashish jarayonini boshdan kechirayotgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi juftlik. Birgalikdagi turmush davrida orttirilgan mablagʻlar, mol-davlat va koʻchmas mulkni oʻzaro taqsimlash masalaning nisbatan yengilroq tomoni boʻlsa, farzandlarning ota-onasining ajrashish jarayonini qanday qabul qilishi asosiy xavotirga sabab boʻlayotgan jihati edi. Sudga murojaat qilish bolalar uchun albatta salbiy ta’sir qilishi mumkin edi.

Shuning uchun nizoni huquqiy jihatdan toʻgʻri va xatosiz hal qilish maqsadida professional mediator Sevara Maripovaga murojaat qilindi.

Koʻp yillik huquqiy tajribaga ega hamda tabiyatan “tinchlikparvar” S. Maripova har ikki tomonning ham bu ish yakunlari boʻyicha qoniqish hosil qilishini ta’minlashi kerak edi. “Biz mediator sifatida bunaqa nozik oilaviy nizolar bilan tez-tez toʻqnash kelamiz. Bu kabi ishlarda eng asosiysi neytrallikni saqlash va hissiyotlarni jilovlay olishdir”, - deydi S. Maripova.

“Biz – mediatorlar koʻradigan ishlarimizning turli xilligi tufayli bolalar, imkoniyati cheklangan fuqarolar va aholining ojizmand qatlamlari vakillari bilan yaqindan ishlash koʻnikmasiga egamiz. Biz odamlarga ogʻriqli boʻlishi mumkin boʻlgan sud jarayonlari oʻrniga kelishmovchiliklarni oʻzaro muzokaralar orqali yechish yoʻllarini taklif etamiz”.

Odil sudlovga erishishdagi oxirgi boʻshliqlarni yopish

Mediatorlikni oʻzbek an’analaridan biri boʻlmish oʻz jamoatchiligi doirasida ixtiyoriy ravishda mehnat qilish, ya’ni huquqiy ma’nodagi “xashar” bilan solishtirsa boʻladi.

S. Maripova maxsus treninglarni tugatgani hamda ajrashish sohasidagi katta tajribasi natijasi oʻlaroq mediator boʻlgan boʻlsada, aslini olganda mazkur kasbda 25 yoshdan katta va hech qanday qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymagan istalgan kishi faoliiyat yuritishi mumkin. Mediator uchun eng muhim jihat - bu konfidensiallik va mustaqil qaror qabul qilishni saqlab qolgan holda barcha tomonlarni qoniqtiradigan neytral yechimlar orqali nizolarni bartaraf qilish.

Mediatorlar odil sudlovni amalga oshirishdagi boʻshliqlarni toʻldirishi mumkin. Hozirgi kunga kelib elektron sudlov tizimi sudda ish koʻrilish jarayonini tezlashtirmoqda, begʻaraz yuridik klinikalar odil sudlovga erishishdagi moliyaviy toʻsiqlarni bartaraf etmoqda, COVID-19 pandemiyasi esa yuridik yordam olishning elektron shakllarini rivojlantirishga sababchi boʻldi. Ayni damda mediatorlar shaxsiy nizolarni tomonlarni qiyinchilik va stressdan voqif qilgan holda yuridik jihatdan malakali hal qilishlari mumkin.

“Har ikki tomon ham fuqarolik va xoʻjalik huquqiga doir nizolarni yoʻqotishlarsiz hamda keyinchalik ham oʻzaro aloqalarni saqlab qolish niyatida boʻlgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslar mediatorlarga murojaat qilishadi”, – deydi Eldor Mahkamov, Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻI oʻribosari.

“Mediatorlar asosan ajrashish, bolalarga vasiylik qilish va mol-mulkni taqsimlash kabi oilaviy nizolarni hal qilish bilan shugʻullanishadi. Shungdek, ular shartnomalarni bekor qilish va oʻzgartirish, kredit kelishuvlari, oldi-sotdi shartnomalari, mijozlar huquqlari va shunga oʻxshash masalalar kabi biznes nizolarni yechishda ham yordam berishadi”.

Oʻzbekistonda mediatsiya amaliyoti qonunchilik bilan mustahkamlangan boʻlib Adliya vazirligi tomonidan qoʻllav-quvvatlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi mediatsiya institutini rivojlantirishda oʻz hissasini qoʻshgani ham e’tiborga molikdir. Xususan, mediatorlar uchun maxsus treninglar tashkil etildi, amaliy qo’llanmalar tayyorlandi va boshqalar. Bugungi kunda mamlakatda uchta mediatorlar assotsiyasi faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga mediatorlar faoliyat turlari boʻyicha baʻzi bir cheklovlar ham mavjud. Masalan, ular har qanday vaziyatda zarur notarius xizmatlaridan tashqari davlat funksiyalarini oʻz zimmasiga olish huquqiga ega emas.

Mediatsiyani yanada jozibador qilish yoʻllari

Mediatsiyani nizolarni hal qilish uslubi sifatidagi ommabopligi darajasini oshirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Oʻzbekistonda mediatsiya 2019 yil boshidan joriy qilingan. Biroq oʻtgan davr mobaynida uni amaliyotda keng qoʻllash sezilarli darajada oshmadi. COVID-19 pandemiyasi tufayli sudlar faoliyatining qiyinchilikka uchragani ham bu jarayonga taʻsir oʻtkazmadi.

“Odil sudlovga erishish darajasini yanada yaxshilash maqsadida sud-huquq tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilgan boʻlsada, odamlarning yuridik koʻmak haqidagi tushunchasi oʻzgarmadi”, - deya aniqlik kiritdi E. Mahkamov.“Hali-hanuzgacha fuqarolar birinchi navbatda sudga murojaat qilishni ma’qul topishmoqda. Ularning fikricha, bu kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yoʻlidir”.

Shularni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoqlar va an’anaviy OAVlari orqali aholining mediatsiya imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga mediatsiyani qoʻllagan holda nizolarni yechishga erishilgan real hayotiy hikoyalarni keng omma orasida tarqalishi ham muhim jihatdir.

Bir-birini har qanday sharoitda ham qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston madaniyating qadimiy qadriyatlarigayuzlagan tarzda odamlarni nafaqat mediatsiya xizmatlaridan foydalanishga, balki oʻzlarini ham mediatorlikka chorlashjoiz.

Oʻzbek xalqiga xos noyob amaliyotlardan biri “xashar”, ya’ni ixtiyoriy ravishda jamoat ishlarida ishtirok etish ham oila, doʻstlar va qoʻni-qoʻshniilar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va yaqinlik, bir-biriga dalda bo'lish natijasida yuzaga kelgan. Professional yoki tug’ma muzokarachi deb tan olingan insonlar tomonidan amalga oshiriladigan mediatsiya ham manashu qadriyatlarning uzilmas qismi bo’lib xizmat qilishi mumkin, - deb qoʻshimcha qildi E. Mahkamov.

“Mediator boʻlish oʻzaro yaqinlik kuchli jamiyatlarda ish tafsilotlarini sir saqlash singari masalalarda javobgarlikni oʻzzimmasiga olishni anglatadi. Ayni damda oʻz ishidan mamnuniyat hosil qilish ham cheksiz boʻlishi mumkin”.

Barcha uchun yutuq-yutuq tamoyili

Oʻzining boy tajribasini ishga solgan holda Sevara Maripova Sayyora va Ma’sudga ularni ikkalasini ham, farzandlariniham qoniqtiradigan bir toʻxtamga kelishga muvaffaq boʻldi.

U er-xotinlar bilan alohida-alohida suhbatdan soʻng har ikkala tomonlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etdi vayuristlarni jalb qilmasdan ajrashish kelishuviga olib keldi. Er-xotinlarning uchta uyidan ikkitasi hamda ikkitakorxonasidan bittasi Sayyorga, shuningdek, unga bolalar uchun 2500 AQSh dollari miqdorida aliment puli berilishiqayd etildi. 

Ayni chogʻda Ma’sud oʻziga tegishli yetarli darajadagi aktivlar va ko’chmas mulklarni saqlab qoldi. Shu bilan birga u oʻzfarzandlari bilan cheksiz marta uchrashish imkoniyatiga ham ega boʻldi.

“Bu juda mushkul ishlardan biri edi, biroq biz har ikki tomon uchun ma’qul qarorga kelishga erishdik” – dedi S. Maripova. “Agar barcha koʻradigan ishlarimda shunday yechimga keladigan boʻlsak, mening oʻz kasbimga nisbatanmuhabbatim faqat ortib boradi”.

(Shaxsiy daxlsizlikni saqlash maqsadida Sayyora va Ma’sud ismlari oʻzgartirilgan)