Dengiz sahroga aylanayotganda tabiat qayta tiklanishi mumkinmi?

25-November, 2024
a close up of a desert field
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Gulnur Kaypnazarova

 

Tabiat chekinayotgan mintaqada BMTTD mahalliy sheriklar bilan hamkorlikda 2019-yildan 2023-yilgacha yirik loyihalarni amalga oshirishni boshladi. Ushbu ekologik halokatni planetar miqyosda tushunishga qaratilgan Orol dengizi tubini o‘rganish jarayonida 2800 dan ortiq GPS-koordinatalari qamrab olindi. Tabiatning bir komponentiga ta’sir qilinsa, u boshqa komponentlarda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa aholi salomatligi, mintaqaning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. BMTTD iqlim o‘zgarishiga, yerlarning degradatsiyasiga va cho‘llanishga qarshi kurashish maqsadida DSXMK IAM va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasi xalqaro innovatsion markazi bilan hamkorlikda hududning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatini qayta tiklash uchun harakat qilmoqda.

a sandy beach
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Gulnur Kaypnazarova

Ekspeditsiya guruhi izidan…

BMTTD ekspertlari ekspeditsiya guruhi izidan yo‘lga chiqqanda, kuz fasli bo‘lishiga qaramasdan, quyosh juda qattiq qizdirar edi. Oldimizda bir vaqtlari to‘lqinlar jo‘sh urgan Orol dengizi tubida hosil bo‘lgan Orolqum cho‘lining bepoyon kengliklari cho‘zililib yotardi. Ko‘z oldimizda syurrrealistik manzara paydo bo‘ldi, bu yerda xuddi boshqa sayyoradan kelib qolgan begona naqshlar kabi oq tuz qobig‘i to ufqgacha yerni qoplab olgan. Shiddatli shamol bilan havoga ko‘tarilgan chang zarrachalari mahalliy aholi salomatligiga kelayotgan tahdidni eslatadi. Ekologik inqiroz har yili 80-100 million tonna chang-to‘zangni atmosferaga chiqaradi, ayni paytda cho‘llanish jarayoni kuchayib bormoqda. Mahalliy aholi nafas yo‘llari kasalliklari, kamqonlik, saraton va ovqat hazm qilish tizimining zararlanishi kabi jiddiy muammolardan aziyat chekmoqda, bu esa shoshilinch ijtimoiy sog‘liqni saqlash choralarini ko‘rishni talab qiladi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, O‘zbekistonga har yili 44 million AQSh dollari miqdorida zarar keltiradi, o‘rmonzorlar yaratish esa har yili 39 million AQSh dollari miqdorida foyda keltiradi. Havo haroratning ko‘tarilishi va yog‘ingarchilikning nomuntazam bo‘lishi natijasidagi iqlim o‘zgarishi va mintaqaviy suv tanqisligi qurg‘oqchilikni keltirib chiqarmoqda. Natijada yerlar degradatsiyaga uchraydi, bu esa hududning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi.

 

Qum tepalari orasidan ekspeditsiya manzilini topish qiyin ish bo‘lib chiqdi. Taxtako‘pir viloyatidan mahalliy boshlovchi (gid) Millionbay Patov mashaqqatli cho‘l hududi bo‘ylab yo‘l boshladi. Borshitog‘ aholi punkti orqali cho‘l tepaliklari orasidan o‘tib ketayotganimizda O‘zbekistonda yashaydigan, turli landshaftlarda kemiruvchilar populyatsiyasini kuzatib borishi bilan mashhur bo‘lgan yirtqich qush – sariq sor (kurgannik) ko‘zga tashlandi. Qushni suratga olayotganda kamerada aks etgan qishloqning tashlandiq vayronalari bu mintaqada bir paytlar gullab-yashnagan avvalgi hayotning tilsiz shohidi sifatida namoyon bo‘ldi.

Qizilqum platosi tomon borayotgan yo‘limizda g‘oyib bo‘lgan Orol dengizining arvoh sarobi cho‘l o‘rtasidagi mayoqdek bizni o‘ziga jalb qilardi. Aqchadaryo kollektori ko‘prigi yonidagi ekspeditsiya lageriga yaqin joyda biz 80 km/soat tezlikda yugurishiga qaramasdan, saksovulzorlarga bemalol kirib ketayotgan dasht bo‘risini suratga olishga muvaffaq bo‘ldik. Cho‘llanish natijasida hosil bo‘lgan, qurg‘ab qolgan ko‘l o‘zani bo‘ylab harakatlanayotgan mashinadagi uch soatlik shiddatli sayohat uzluksiz diqqat-e’tiborni talab qildi. Mashina tutqichlaridan ushlagan holda muvozanatni saqlab, cho‘l landshaftining og‘ir sharoitdagi manzarasidan zavqlanish imkoniyati mavjud edi. Orol dengizining qurigan tubida ishlayotgan tadqiqot guruhi olib borilayotgan ishlar va tungi cho‘l faunasi haqida ma’lumot berdi. Olimlarning bir xildek tuyuladigan joylarda hayratlanarli tarzda harakatlanish qobiliyati unutilmas taassurot qoldirdi.

a sign on the side of the road
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi, Gulnur Kaypnazarova

Qurib qolgan dengiz tubidagi tuproqda nima sodir bo‘lmoqda?

Orol dengizining qurib borishi jarayonida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Qaytib borayotgan suvlar o‘rnida o‘ziga xos noyob tuproq sharoitiga ega bo‘lgan yangi yer maydonlari paydo bo‘lmoqda va ular tezda cho‘l hududlariga aylanmoqda. 105 ta joyni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 33 yil davomida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bergan, suv-botqoqli yerlar maydoni qisqargan, quruq va sho‘rlangan hududlar ko‘lami kengaygan, ammo ba’zi hududlar o‘simliklar uchun qulayroq bo‘lgan yerlarga aylangan. Ekologik vaziyat tashvishli, hududning deyarli yarmi (47%) jiddiy ekologik xavflarga duchor bo‘lgan. Tuproqning yengil, qumli tuzilishi shamol eroziyasiga chiday olmaydi, bu esa xavfli chang-bo‘ronlarga va qo‘shni hududlarga tuz tarqalishiga olib keladi.

O‘rmonzorlar: cho‘ldan o‘rmon sari…

2018 yildan 2023 yilgacha davrda tuzli bo‘ronlarini to‘xtatish va yovvoyi tabiatning yangi yashash hududlarini yaratish maqsadida 1,73 million gektar maydonda daraxtzorlar barpo etildi. Mo‘ynoq hududida daraxtlarning yarmidan ko‘pi sho‘rlangan tuproqda tutib ketdi, bunda cho‘lga chidamli saksovul va tamaris kabi o‘simlik turlarining balandligi 4-5,5 futni tashkil etgan. 

«Mo‘ynoq zonasi hududi keskin kontrastni ko‘rsatmoqda: yangi ko‘chatlar barpo etilayotgan bir paytda, eskilari butunlay yo‘qolib bormoqda. Yo‘qotilgan eski o‘simliklar olamining o‘rnini yangi ko‘chatlar bilan to‘la-to‘kis almashtirib bo‘lmasligini tushunish kerak», – deydi tuproq bo‘yicha ekspert va ekspeditsiya rahbari Galina Stulina.

Aqbetkey hududi yaxshi natijalar ko‘rsatdi: eski daraxtlar balandligi 13 futga yetgan va tabiiy ravishda tarqalmoqda. 

«Aqbetkey hududi muvaffaqiyatli tabiiy qayta tiklanishning alohida holatidir. Bu hudud noyob tabiat hodisasini namoyish etadi: qurib borayotgan ko‘llar tuzli tekisliklarga aylanmoqda, ular keyinchalik qum bilan qoplanadi. Atrofdagi ko‘llar yangi o‘simliklar uchun urug‘lik manbasi bo‘lib xizmat qiladi.  Transformatsiya jarayoni aniq: ko‘llar markazlaridagi tuzning kristallanishidan asta-sekin qum bilan qoplanishi va keyinchalik o‘simliklarning o‘sishigacha. Hududga qo‘riqlanadigan qo‘riqxona maqomini berish orqali ushbu tabiiy qayta tiklanish siklini saqlab qolish kerak", – deydi u.

Yo‘qolib borayotgan dengiz va uning yashirin suvlari

76 ta ob’ektda, jumladan, 47 ta skvajinada yer osti suvlarini o‘rganish Orol dengizining qurishi yer osti suvlariga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar Quyi Amudaryo va Janubiy Orol havzalarida yer ostidan 0,5-10 metr chuqurlikda istiqbolli suv manbalarini topdilar. Suvdagi tuz miqdori katta tashvishlar manbasi hisoblanadi. Ba’zi manbalarda tuz miqdori bir litrga 1,5 grammdan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, boshqalarida juda yuqori – bir litr ga 100 grammdan oshadi. Eng sho‘rli suvlar ko‘lami mintaqaning g‘arbiy qismiga to‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, tadqiqot guruhi shimoliy hududlarda, ayniqsa Sudoche va Jaltirbas ko‘llari va suv oqimlari yaqinida suv foydalanish uchun qulayroq ekanligini aniqladi. Ushbu tabiiy suv havzalari yaqin atrofdagi yer osti suv havzalarining sho‘rlanishini kamaytiradi va umumiy suv sathini oshirish orqali foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Yer qa’rida, taxminan 470-490 metr chuqurlikda, dinozavrlar davridan boshlangan bo‘r gorizontida maxsus suv manbai mavjud. Suv ichishga yaroqli bo‘lgunga qadar tuzsizlantirish qurilmasida tozalashni talab qiladi, ammo tuz miqdori pastligi sababli qishloq xo‘jaligi uchun foydalanish istiqbolli enanini ko‘rsatadi. Ekspeditsiyalar bir qancha amaliy yechimlarni aniqladilar, jumladan, barcha mavjud suv manbalarining reestrini yaratish, fermerlarga yer osti suvlaridan ekinlar uchun foydalanishda yordam berish, kichik baliqchilik xo‘jaliklarini yaratish va yer osti issiq buloqlaridan sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanish va h. Mavjud resurslardan to‘g‘ri foydalanilsa, Orolbo‘yi aholisining hayoti sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.

 

Dengiz tubida yangi o‘simliklar qatlamining shakllanishi

Ajoyib kashfiyot Orol dengizining sobiq tubida tabiatning o‘zini qayta tiklashga qodirligini ko‘rsatadi. Olimlar 2800 ta nuqtani o‘rganib chiqdilar va dengiz bo‘lgan joyda muvaffaqiyatli ildiz otgan 90 xil o‘simlik turlarini topdilar. Tadqiqot davomida qiziqarli tabiat hodisasi qayd etildi: sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklarning tabiiy yangilanishi sodir bo‘ladi. Tuzga chidamli o‘simliklar vaqt o‘tishi bilan rivojlangan ildiz tizimiga ega qumli o‘simliklarga o‘z o‘rnini beradi, bu esa tabiiy muvozanatni tabiiy ravishda tiklashga yordam beradi.

Og‘ir mahalliy sharoitlarda saksovul, juzg‘un, qum akatsiyasi, chakanda, tolning har xil turlari ayniqsa yaxshi ildiz otgan. Olimlar bu o‘simliklarning bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini va sho‘rlangan tuproqning og‘ir sharoitlariga moslashishini o‘rganishdi. Tadqiqot natijalari o‘simliklarning noqulay sharoitlarga moslashish mexanizmlarini tushunishga va qumni mahkamlash uchun eng mos turlarni aniqlashga yordam beradi, bu esa mintaqani qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, o‘rganilgan o‘simliklarning bir qismi dori vositalarini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Olingan ma’lumotlar asosida tadqiqotchilar mintaqadagi tabiiy muhitni tiklashning kompleks rejasini ishlab chiqdilar. Ushbu rejaning asosiy maqsadi – Orol dengizining qurigan tubini qumlarni mustahkamlash va tuproq sifatini yaxshilashga yordam beradigan maxsus tanlangan o‘simliklar bilan ko‘kalamzorlashtirishdan iborat. Ushbu tadqiqot ham ekologik nuqtai nazardan, ham mahalliy jamoalar uchun umid beradi, chunki bu sog‘liq muammolarini hal qilish, tuproqni qayta tiklash va biologik xilma-xillikni ko‘paytirishga yordam beradi.

Ekologik tadqiqotlar bilan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni birlashtirib…

Ikki daryo manbasidan tashkil topgan Orol dengizi mahalliy madaniyatlar rivojida katta rol o‘ynagan bo‘lsa-da, bugungi kunda u eng katta ekologik ofat manbasiga aylangan. Inqiroz mintaqaning biologik xilma-xilligi yarmining yo‘qolishiga olib keldi, bu COP16 (Kolumbiya) va COP29 (Boku) dagi konferensiyalarda muhokama qilingan masalalar – tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirishdan tortib, iqlim o‘zgarishi va ekotizim barqarorligigacha bo‘lgan masalalarning dolzarbligini ko‘rsatadi. Bu esa mahalliy ekologik inqirozlarning kelishilgan xalqaro harakatlarni talab qiladigan qanday global oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.

BMTTD va hamkorlar uzoq yillar davomida Orol dengizi qoldiqlarini o‘rganib kelishmoqda. 13 ta yirik ekspeditsiyalar davomida tadqiqotchilar O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston qismidagi 2,7 million gektar qurib qolgan dengiz tubini – bu bir vaqtlar Markaziy Osiyodagi eng ulkan ko‘lning eng yirik qurigan hududlaridan birini o‘rganib chiqdilar. Yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar davomida yagona raqamli makonda tizimlashtirilishi zarur bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi to‘plangan. Taklif etilayotgan «GIS-Orol dengizi» veb-platformasi ushbu natijalardan barcha manfaatdor tomonlarning foydalanishini osonlashtiradi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanish kabi ekologik muammolarga tabiatning qanday moslashayotganini ko‘rsatadi va sobiq dengiz tubi ekotizimlarini qayta tiklash uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi.

 

BMTTD va YUNESKOning “Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish” qo‘shma louyixasi va BMTTD, UNFPA va FAOning "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" ikkinchi qo‘shma loyihasi doirasida. iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun ularning moslashuvchan salohiyatini kuchaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan ekspeditsiyalar amalga oshirildi O‘zbekiston, Norvegiya, Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Germaniya hukumatlari hamda Al-Valid xayriya tashkilotlari.

2019-2020 yillar Qo'shma Dasturi doirasida o'tkazilgan ekspeditsiya natijalari

Qo'shma Dastur doirasidagi 2022-2023 yillar ekspeditsiyasi natijalari