Odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish: O‘zbekistonda bepul yuridik yordam uchun BMTTDning kichik grantlari

Mualliflar: Gulnoza Ahmedova, Regina Azizova

9-December, 2024
a person standing in front of a mirror posing for the camera

Yuridik yordam olish imkoniyati barcha uchun adolatni ta’minlashning asosiy tarkibiy qismidir. Butun dunyoda ko‘plab odamlar yuqori xarajatlar, xabardorlikning yetishmasligi va geografik cheklovlar kabi omillar tufayli yuridik xizmatlardan foydalanishda jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Bu to‘siqlar ko‘pincha odamlarning o‘z huquqlarini himoya qilishiga, zararni qoplashni so‘rashiga yoki yoki sud tizimining murakkabliklarini yengib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Yuridik yordamdan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi qashshoqlik va ijtimoiy adolatsizlikning illatli doirasini abadiylashtirib, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishga putur yetkazadi.

O‘zbekistonda bepul yuridik yordam ko‘rsatish, ayniqsa ayollar, qishloq joylardagi yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar kabi aholining zaif qatlamlari uchun dolzarb muammoligicha qolmoqda. 2016-yildan boshlab O‘zbekiston hukumati qonun ustuvorligini mustahkamlash, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ilgari surish hamda himoya qilish, shuningdek xalqaro standartlarga muvofiq odil sudlov tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar dasturini amalga oshirishga kirishdi. Ushbu muhim islohotlar va O‘zbekistonning 2021-yildagi Qonun ustuvorligi indeksi (dunyodagi 139ta mamlakat ichida 85-o‘rin) va 2020-yildagi Jahon Bankining "Ayollar, biznes va huquq" reytingi (190 ta mamlakat ichida 134-o‘rin) kabi xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanganiga qaramay, ko‘plab muammolar o‘z yechimini topmay qolmoqda. O‘zbekiston aholisining eng zaif qatlamlari hamon o‘z huquqlari to‘g‘risida yetarlicha xabardor emas va inson huquqlari standartlariga muvofiq bepul huquqiy maslahatlar, vakillik va adliya xizmatlarini o‘z ichiga olgan maqbul hamda samarali odil sudlov vositalaridan foydalanish imkoniyatlari cheklangan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekistonda bepul huquqiy yordam ko‘rsatishni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu dastur aholining zaif qatlamlari uchun adolatli sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan va Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTDning "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash" loyihasining keng qamrovli maqsadlariga mos keladi. Bu sa’y-harakatlarning asosiy qismi O‘zbekistonning turli hududlarida mahalliy nodavlat va jamoat tashkilotlariga bepul dastlabki huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi Kichik grantlar dasturini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.

Kichik grantlar dasturiga oid ma’lumotlar

 Kichik grantlar dasturi qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihaning bir qismi bo‘lib, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. Kichik grantlar dasturi qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihaning bir qismi bo‘lib, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatishda qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. Grantlar Qashqadaryo viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari kabi hududlarni qamrab olishni ta’minlash uchun NNTlar o‘rtasida strategik tarzda taqsimlandi.

diagram, map


 

Tanlangan barcha Jamoat tashkilotlari O‘zbekistonning chekka qishloqlarida sayyor va onlayn huquqiy maslahatlar tashkil etishdi. Bundan tashqari, aholining zaif qatlamlari, jumladan, "temir daftarlar" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qishloq joylarda yashovchi ayollar va yoshlar va boshqalar uchun axborot sessiyalari o‘tkazildi.

chart, bar chart

Fuqarolar, jumladan ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari bilan ishlashdan tashqari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari mahalla qo‘mitalari faollari uchun o‘quv mashg‘ulotlari hamda sayyor tadbirlar o‘tkazdilar. Bu tadbirlarda ishtirokchilar internetda bepul yuridik yordam olish uchun onlayn huquqiy platformalardan qanday foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Aholining o‘z huquqlari haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida barcha nodavlat notijorat tashkilotlari aholining zaif qatlamlari uchun ularning huquqlari va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi risolalar va flayerlar tayyorladilar. Bu bosma materiallar seminarlar va axborot sessiyalari davomida keng tarqatildi. Risola va varaqalarda quyidagi mavzular yoritib o‘tilgan:

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish davlat dasturlarining tahlili va huquqiy mezonlari,

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning milliy qonunchilik va xalqaro konvensiyalarda kafolatlangan huquqlari,

  • Tibbiy xizmat, ta’lim va jamoat infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga oid talablar,

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nafaqalar va xizmatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomalar,

  • Jinsiy zo‘ravonlikdan himoyalanish mexanizmlari va hokazo.

Grant dasturi natijasida barcha nodavlat notijorat tashkilotlari birgalikda yetti mingdan ortiq shaxsga bepul dastlabki huquqiy yordam ko‘rsatdi. Bunda ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. Bu xizmatlar huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan 164 ta tadbir bilan to‘ldirildi va ularda jami 3942 nafar kishi ishtirok etdi.

Bundan tashqari, aholini o‘zlarining yuridik huquqlari va mavjud resurslari to‘g‘risida kengroq xabardor qilish maqsadida huquqiy savodxonlikni oshirish uchun risolalar va axborot varaqalari kabi 10 276 ta material nashr etildi va tarqatildi. Umuman olganda, bu nodavlat notijorat tashkilotlari yetti mingdan ortiq ehtiyojmand shaxslarga g‘oyat muhim huquqiy yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu shaxslar boshqa holatlarda professional huquqiy maslahatlardan foydalana olmas edilar. Grantlar tashkilotlarga o‘zlarining bepul maslahat dasturlari qamrovi va ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatini yaratdi.

Kichik grantlar dasturi doirasida ko‘rsatilgan yordam bepul huquqiy maslahatning o‘zgartiruvchan ta’sirini ko‘rsatuvchi ko‘plab muvaffaqiyat voqealariga olib keldi.

"Nihol" NNT gender zo‘ravonligidan jabr ko‘rganlarga yordam berishda muhim o‘rin tutdi. Tashkilot jabrlanganlarga himoya orderlarini olish, mol-mulk nizolarini hal qilish, aliment to‘lovlarini rasmiylashtirish va ajralish uchun ariza topshirishda ko‘maklashdi. Ularning huquqiy yordami jabrlanuvchilarga murakkab qonunchilik tizimida yo‘l topishda zarur bo‘lgan ko‘makni ta’minladi.

"Oydin Nur" NNT: "Oydin Nur" nodavlat notijorat tashkiloti: 25 yillik boshpana yuritish tajribasiga ega va so‘nggi chorak asr davomida ayollarni himoya qilish bo‘yicha yetakchilik qilib kelmoqda.  Tashkilot yuristlari yaqinda Buxoro viloyatidagi gender zo‘ravonligidan jabr ko‘rgan ayolning himoyasini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat sudga murojaat qilish, himoya orderlari olish va turli tashkilotlarga murojaat qilish kabi choralar ayolning ahvolini yaxshilashga yordam bermagan bir paytda yuz berdi.

"Rahmdillik" NNT: Ushbu notijorat tashkiloti joylarda, birinchi navbatda, odamlarga boshpana va yordam berishga ixtisoslashgan. "Rahmdillik" NNTning huquqshunoslari Samarqand viloyatining chekka hududlarida yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratib, ularga imtiyozli ta’lim kreditlarini olish, ish topish va ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlanishda ko‘maklashdi.

"Sharoit plyus" NNT nodavlat notijorat tashkiloti: yuridik yordam ko‘rsatish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashish va ta’lim grantlarini olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshiladi. Bundan tashqari, "Sharoit plyus" NNT yuristlari aql nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tushunarli shaklda 72 ta o‘quv materialini ishlab chiqdi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatishni yanada qulaylashtirish maqsadida onlayn maslahatlar beruvchi Telegram-botini yaratdi.

Bu individual yutuqlar BMTTD tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yanada kengroq ijobiy natijalarini aks ettiradi, yuridik yordam odamlarning imkoniyatlarini qanday kengaytirishi, huquqlarini himoya qilishi va umumiy farovonligini oshirishi mumkinligini namoyish etadi.

BMTTD o‘z loyiha faoliyati doirasida Kichik grantlar dasturini davom ettirish orqali fuqarolik jamiyati tashkilotlarining aholining zaif qatlamlariga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish salohiyatini mustahkamlashni davom ettiradi. Ushbu dastur fuqarolik jamiyati tashkilotlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatish, seminar va treninglar o‘tkazish, shuningdek, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va davlat tuzilmalari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini tarmoq tadbirlari va davra suhbatlari orqali rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratishni ta’minlaydi. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi zaif aholi guruhlarining bepul va sifatli yuridik xizmatlardan foydalanishini ta’minlashda fuqarolik jamiyatining yanada muhimroq rol o‘ynash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Bu orqali qonun ustuvorligi mustahkamlanadi va ijtimoiy integratsiya rag‘batlantiriladi.