Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) butun boshli kompaniyalar va davlatlar darajasida odamlar orasida misli koʻrilmagan xavotirni qayd etmoqda. Koronavirusga nisbatan kishilarning reaktsiyasi turlicha boʻlib, xavotir, qoʻrquv, qaygʻu va gʻazab kirmoqdalar. Shu bilan birga, salbiy hissiyotlarning aksariyati virusni yuqtirish xavfi bilan emas, balki rejalarning buzilishi, moliyaviy oqimlarning beqarorligi, kelajak uchun tashvishga tushish kabi iqtisodiy oqibatlar kutilmalari bilan ham yuzaga kelmoqda.
Ish joyidagi stressni kamaytirish uchun doimiy ravishda stressni boshqarish boʻyicha tadbirlar, treninglar va vebinarlarni oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda va Davlat xizmatlari agentligi va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar xodimlarining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning qoʻshma loyihasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov davomida aniqlangan fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda, stressni boshqarish, tahdid va inqirozni boshqarish, tinglovchilar uchun samarali aloqalarni rivojlantirish, vaqtni toʻgʻri tashkil qilish mavzularida qator vebinarlar tashkil qilindi.
Ikki haftalik vebinar kurslari 4 ta video-prezentatsiya, individual topshiriqlar, mashqlar va testlardan tashkil topgan. Ushbu vebinarlarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Stressni boshqarish – stressga qarshi turish koʻnikmalarini shakllantirish, stressli vaziyatlardan nizolarsiz chiqish; stress-audit va stress omillarini oʻzgartirish va mojarolarni hal qilish; stress va mojarolarsiz erkin aloqalar oʻrnatish.
2. Inqirozni boshqarish – stressli va noodatiy vaziyatlarda boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish; inqirozni rivojlantirish rejalarini yaratish, ijobiy fikrlash va muammoli vaziyatlardan foydalanish qobiliyatini shakllantirish.
3. Inqiroz holatida samarali aloqalar – muvaffaqiyatli muzokaralar va jamoada ishlash qobiliyatlari; inqiroz davrida ommaviy chiqishlar; axborot materiallarini qayta ishlash.
4. Vaqtni samarali tashkil qilish – vaqtni samarali tashkil qilish psixologiyasi, axborotni vaqt boʻyicha qabul qilish, axborot gigiyenasi sohalaridagi bilim va amaliy koʻnikmalarni takomillashtirish; oʻz manbalarini boshqarish; stress sharoitida maqsadlar, vazifalarni belgilash va rejalashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.
“Bizni taniqli psixolog Boboyor Toʻrayevning seminarida sirtdan ishtirok etishga taklif qilishdi. Bu taklifdan xursand boʻldim, chunki oʻqish davomida men ushbu psixologning treninglarida qatnashidek ajoyib imkoniyatga ega boʻldim. Bu safar seminar inqiroz davridagi aloqalar, stressga chidamlilik, vaqtni toʻgʻri tashkil qilish masalalariga bagʻishlandi. Bunda COVID-19 koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan karantin sharoitida qanday yoʻl tutish kerakliga urgʻu berildi. Psixogigiyena, psixoimmunitet, inqirozga qarshi genlar haqida gapirish davomida bu psixolog ishtirokchilarning “koʻzlarini ochib qoʻydi”, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Kundalik hayotda bizga odatdagidek tuyulgan narsalar aslida oddiy narsalar emas ekan. Vebinardan keyin chuqur mulohaza qilib, qilinadigan ishlarni qayta oʻylab koʻrib, kechiktirilmaydigan ishlarni amalga oshirish zarurligini tushunib yetdik. Tashkilotchilar va murabbiylarga rahmat!” – deya taʼkidladi Qashqadaryo viloyati hokimligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis Ravshanova Mohidil.
Treninglar davomida 240 dan ortiq (93%-erkak va 7%-ayol) DXA/DXM xodimlari stressni boshqarish va stressga chidamlilikni rivojlantirish, ish samaradorligini tashkil qilish, aloqalar oʻrnatish koʻnikmalarini takomillashtirish, shuningdek, COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin sharoitida xodimlarning ruhiy va jismoniy holatiga salbiy omillarning taʼsirini kamaytirish boʻyicha malakalarini oshirdilar.
Mamlakatda va tashkilotlardagi inqirozli vaziyatlarni boshqarish uchun, birinchi navbatda, har bir kishining ruhiy holatini yaxshilash, jamoaviy ish madaniyatini rivojlantirish, inqirozni boshqarish boʻyicha xabardorlkni oshirish va targʻib qilish, stressni boshqarish, psixologik gigiyenaga rioya qilish, taʼlim muassasalarida nizolarni boshqarish va sogʻlom turmush tarziga oʻtish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur.