Joriy hafta davomida O‘zbekistonning yuqori darajali delegatsiyasi Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni doirasida ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Jenevada (Shveysariya). BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda biz Muzokaralar guruhi a’zolari, jumladan, bosh muzokarachi – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidovning tashrifini tashkil etdik
BMTTD O‘zbekiston hukumatini JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhining 5-yig‘ilishini o‘tkazishda qo‘llab-quvvatladi
24-June, 2022
21-22 iyun kunlari Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining so‘nggi yig‘ilishdan deyarli ikki yil o‘tib 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Koreya Respublikasining yangi tayinlangan elchisi Li Tae Xo raisligida o‘tkazilgan tadbirda Jahon savdo tashkilotiga a’zo 25 davlat O‘zbekistonning tashqi savdo rejimini o‘rganish maqsadida yig‘ildi.
Janob Obidov o‘zining kirish so‘zida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, so‘ngra yig‘ilish ishtirokchilarini Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovning videomurojaatini tomosha qilishni taklif qildi. O‘z murojaatida janob Umurzoqov 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi ustuvorligi ko‘zda tutilganligini ta’kidladi. “Biz O‘zbekistonning qo‘shilish jarayonini mamlakatimizning jahon iqtisodiyoti va ko‘p tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalashuviga qaratilgan amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi deb bilamiz”, – dedi u.
Bosh vazir o‘rinbosari 2016-yildan beri har bir yangi kirishdan so‘ng yuzaga kelgan qiyinchiliklar, ya’ni nomzod mamlakatlardan ko'proq harakat va majburiyatlar talab etilishi sababli birorta ham nomzod davlat JSTga a’zo bo‘laolmaganini qo‘shimcha qildi. Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston “Hurmatli JSTga aʼzo mamlakatlarni yangi aʼzolik masalalaridamoslashuvchanroq boʻlishga va bunga alohida eʼtibor qaratishga chaqiradi”.
Oʻz navbatida JST aʼzolari Oʻzbekistonning koʻp tomonlama savdo tizimiga integratsiyalashuvi borasidagi saʼy-harakatlariniyuqori baholadilar va JSTga aʼzo boʻlish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning dalili ekanini taʼkidladilar. Qozog‘iston vakilining qo‘shimcha qilishicha, “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi ko‘p tomonlama savdo tiziminimustahkamlaydi”. Ayrim davlatlar ham O‘zbekistonga qo‘shilish jarayonini tezlashtirish uchun texnik yordam taklif qilishdi.
Kirish so’zlarida so‘ng Ishchi guruh tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar holatini ko‘ribchiqdi. Ishchi guruhga O‘zbekiston joriy hafta davomida JST manfaatdor a’zolari bilan 10 ta ikki tomonlama uchrashuvlaro‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Ishchi guruh, shuningdek, Tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandum vaOʻzbekistonning JST aʼzolarining savollariga bergan javoblari asosida tuzilgan Faktologik xulosani ham koʻrib chiqdi. Bundantashqari, qishloq xo‘jaligi sohasida ichki qo‘llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari kabi hujjatlar o‘rganildi. YakundaO‘zbekiston JST qoidalariga rioya qilish maqsadida milliy qonunchilikka rejalashtirilgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotberdi.
Ishchi guruh faoliyatidagi keyingi qadamlarni ko‘rib chiqib, Ishchi guruh raisi O‘zbekistonni muzokaralarni tezlashtirishgachaqirdi. U, shuningdek, manfaatdor JST aʼzolarini tovar va xizmatlar bozorlariga chiqish boʻyicha Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borishga chaqirdi.
O‘zbekiston JSTga to‘la huquqli a’zo bo‘lish uchun Ishchi guruh hisobotini tayyorlashni yakunlashi, barcha manfaatdor JST a’zolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar tuzishi hamda mamlakat qonunchiligini JSTga muvofiqlashtirishi kerak.
Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, BMTTD “O‘zbekistonda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida O‘zbekiston hukumatiga zarur hujjatlar, jumladan, JST a’zolarining savollariga javoblar, o‘rganishlar bo‘yicha ko‘mak berishda davom etadi. JSTga a'zo bo'lishning iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga ta'siri, JST kelishuvlariga muvofiqligi bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va boshqalar ni tayyorlashda yordam berishda davom etadi.
“O’zbekistonda savdoni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va O’zbekistonning JSTga a’zo bo’lish jarayonini qo’llab-quvvatlash, savdoni rivojlantirish, hamda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror oʻsish modellarini ragʻbatlantirish uchun bandlik yaratuvchi va “yashil” sektorlarda mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.