BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yevropa Ittifoqi eksport qoidalari bo‘yicha bir qator mintaqaviy treninglar o‘tkazdi

20-June, 2024

Fotosurat: Trening qatnashchilarining stol atrofida o'tirishi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yilning 10-19-iyun kunlari qator mintaqaviy treninglar o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida “Yevropa Ittifoqining yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlarga oid qoidalari” va “Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga meva-sabzavotlarni qanday eksport qilish kerak” mavzularida treninglar o‘tkazildi. 

Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng yirik bozorlardan biri bo'lib, unga a'zo davlatlar butun dunyodan keng turdagi tovarlarni import qiladilar. Biroq, Evropa Ittifoqiga eksport qilish, ayniqsa, turli qoidalar va talablarga rioya qilish uchun resurslar va tajribaga ega bo'lmagan kichik va o'rta korxonalar uchun murakkab va qiyin jarayon bo'lishi mumkin. 

Bundan ko‘zlangan maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning Yevropa Ittifoqining meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yiladigan talablari va standartlari haqida xabardorligi va bilimini oshirishdan iborat. Bu ularga oʻzbek meva-sabzavotlarini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishni koʻpaytirish hamda barqaror ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqish va mahsulot sifatini yaxshilashga koʻmaklashish, ularni muvaffaqiyatli tayyorlash va eksport qilishga yordam beradi.

Fotosurat: trening taqdimoti va BMTTD banneri

O‘quv mashg‘ulotlarida 180 dan ortiq viloyat hokimliklarining eksportga oid vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasining 12 viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkor-eksport qiluvchi mahalliy korxonalar ishtirok etdi. 

Treninglar davomida mahsulotlarni sertifikatlashtirish, fitosanitariya me’yorlari va sifat standartlariga muvofiqligi, shuningdek, O‘zbekiston meva-sabzavotlarini evropa bozorga muvaffaqiyatli olib chiqish uchun marketing strategiyalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, tashqi bozorlardagi joriy tendentsiyalar va iste’molchilarning ehtiyojlari ko‘rib chiqildi, bu esa o‘zbekistonlik fermerlarga o‘z mahsulotlarini jahon bozori talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.

“Men Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga muvaffaqiyatli eksport qilish uchun zarur bilim va vositalarni oldim, men Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish juda qiyin va deyarli imkonsiz deb o‘ylardim, ammo bu treningdan so‘ng men tadbirkorlarimiz Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirish uchun yaxshi salohiyatga ega ekanligini bildim juda ochiq va qulay taqdim etilgan. Bizni qiziqtirgan barcha javoblarni oldik. Treningdagi muhit yoqimli va do'stona edi! Ushbu imkoniyat uchun yana bir bor rahmat,"
- trening yakunida ishtirokchilardan biri “Meva Sabzavot” MChJ kompaniyasidan Bekmurodov Shavkat taassuroti bilan o'rtoqlashdi.

Fotosurat: trening qatnashchilarining stol atrofida o'tirishi

Bunday treninglarning o‘tkazilishi O‘zbekistonning eksport salohiyatini mustahkamlash, mahalliy mahsulotlarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu ham barqaror ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqish va mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda, bu esa o‘z navbatida o‘zbek meva-sabzavotlarining jahon bozoridagi nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Treninglar BMTTDning Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi doirasida oʻtkazildi, uning asosiy vazifasi narxlar shakklanishida “yashil” qiymat zanjirini rivojlantirish vositasida va iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish orqali inklyuziv va barqaror oʻsishni qo’llab-quvvatlashda Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko’mak taqdim etishdan iborat, shuningdek, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va COVID-19 sabab bo'lgan yangi tendensiyalarga moslashish orqali yanada mustahkam, xavfsiz va genderga mos iqtisodiy tuzilmalarni shakllantirishga hissa qo'shishdan iborat.

Fotosurat: trening ma'ruzachisi, taqdimot paytida