Mahalliy jamoalar uchun samarali qayta aloqa mexanizmi
11-May, 2023
2023-yilning 10-may kuni FVV, O‘zgidromet va BMTTDning, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan, qo‘shma loyihasi doirasida, Bo‘stonliq va Parkent tumanlaridagi mahalliy aholi uchun, yangi yaratilgan “shikoyatlar va fikrlarni ko‘rib chiqish mexanizmi”(GRM) bo‘yicha birinchi tanishuv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilar GRM faoliyatining asosiy tushunchalari va tamoyillari, shikoyat va takliflar berish usullari va kanallari bilan tanishib o’tdilar.
GRMni yo’lga qo’yish va samarali ishlashini ta'minlashning muhim bosqichi loyiha faoliyatidan ta’sir ko’rgan tomonlarning ushbu mexanizm haqida xabardorligini oshirish, shuningdek ularni shikoyat va fikrlar berish usullari va tartibi bilan tanishtirishdan iboratdir.
Shu maqsadda loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida mahalliy aholi, xotin-qizlar kengashi, maktab, bog‘chalar va mahalliy hokimliklar vakillari uchun GRM bo‘yicha tanishtiruv seminarlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
GRM fuqarolar va jamoalar uchun, BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha fuqarolarga yoki ular yashab turgan atrof-muhitga salbiy ta'sir etgan bo’lsa yoki salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisblansa, bevosita BMTTDga shikoyat va fikrlar bilan murojaat qilish imkoniyatini beradi.
GRMning asosiy maqsadi loyihaning ekologik-ijtimoiy faoliyati bilan bog'liq shikoyatlarning tezkor, adolatli va samarali hal etilishini ta'minlashdan iborat. Bunga o'z navbatida, gender jihatlari va madaniy xususiyatlarni hisobga olgan holda aniq, shaffof va barcha jabrlangan shaxslar uchun ochiq bo'lgan tartiblardan foydalanish orqali erishiladi.