O'zbekistonning tabiatini muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislariga “SMART” patrul tizimi taqdim etildi

20-November, 2020

 

Photo: UNDP Uzbekistan

 

2020-yil 20-noyabrda BMTTD tomonidan moliyalashtirilayotgan SMART deb nomlangan yangi texnologiyaning taqdimotini bo'lib o'tdi. Niderlandiyalik ekolog va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro ekspert Mikiel Xotte BMTTDning maxsus loyihasi xodimlari va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasidagi loyiha hamkorlariga SMART (fazoviy monitoring va hisobot vositasi) tizimini tanishtirdi.

SMART 2017-yilda boshlangan "Global bioxilma-xillik uchun muhim bo'lgan tog'li mintaqalaridagi tabiiy resurslardan va o'rmon xo'jaligidan barqaror foydalanishni ta'minlash” bo'yicha BMTTD va davlat ekologiya qo'mitasi sa'y-harakatlarining bardavomligini ta'minlaydi. Ushbu loyiha 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Yer sammiti bilan bir vaqtda tashkil etilgan Jahon ekologik jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Hozirgi kunda SMART patrul tizimi dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlaridagi 700 dan ortiq qo'riqxonalarini qamrab oladi va 12 mamlakatda milliy tizim darajasida qabul qilingan. GIS texnologiyasi asosida SMART patrul foydalanuvchilarga patrul davomida olingan ma'lumotlarni baholash va tahlil qilish, tekshiruvlar sifatini kuzatish va atrof-muhitni muhofaza qilishning umumiy samaradorligini oshirishga imkon beradi. BMTTD va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi SMARTni mamlakat bo'ylab qo'llashdan avval, sinov tariqasida uni Chotqol davlat biosfera va Hisor qo'riqxonalarida qo’llaydi.

Janob Xottening taqdimoti O'zbekistondagi tabiatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning foydalanuvchilari bilan doimiy hamkorlik qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tizim bilan tanishish uchun davlat ekologiya qo'mitasi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bir guruh xodimlari Qirg'izistonning Bishkek shahrida Xalqaro yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tomonidan tashkil etilgan treninglarda va Butan Qirolligiga ilmiy tadqiqot safarida ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida shuningdek, SMART tizimidan foydalanish va unga aloqador interfeyslar bo'yicha davlat ekologiya qo'mitasi, Chotqol davlat biosfera va Hisor davlat qo'riqxonalarining 55 dan ortiq xodimlari uchun treninglar o'tkazildi. Kerakli raqamli uskunalar (shu jumladan smartfonlar, kompyuterlar va smartfonlarni zaryadlash uchun ko'chma quyosh batareyalari), shuningdek milliy qo’riqxonalarda ikkita SMART patrul markazlari va davlat ekologiya qo’mitasida boshqaruv markazini yaratish uchun kerakli jihozlar xarid qilindi.

SMART patrullarining asosiy maqsadi - BMTTDning yo'qolib borayotgan hayvonlarlarni muhofaza qilish va mamlakatning tog'li ekotizimlarining barqarorligini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarining bir qismi sifatida O’zbekistonning noyob qor qoplonlarini himoya qilishdir.