Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi konsorsiumi va BMTTD Oʻzbekiston hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha saʼy-harakatlarini birlashtiradi
19-April, 2024
Toshkent, 2024 yil 19-aprel – Yevropa Ittifoqi, GIZ boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi Konsorsiumi, BMTTD-ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mamlakatdagi korruptsiyaga qarshi kurashini kuchaytirishga qaratilgan “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusining rasman boshlanganini faxr bilan e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir ushbu muhim tashabbusni taqdim etish, muhokama qilish va ma’qullash uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan tashabbus yaqin hamkorlikdagi ikkita loyiha doirasida amalga oshiriladi: “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” GIZ boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi konsorsiumi tomonidan “Mintaqaviy muloqot” va Germaniya hukumati tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan 4 550 000 yevro miqdoridagi byudjetga ega bo’lgan Latviya markaziy moliya va kontraktlar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. “O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi BMTTD tomonidan 2 500 000 yevro hajmidagi byudjet bilan amalga oshiriladi. 2024-2026 yillarga moʻljallangan loyihalar Oʻzbekistonning barcha 14 ta viloyatini qamrab oladi.
Asosiy milliy hamkor – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish vakolatiga ega bo’lgan boshqa muhim davlat idoralari, fuqarolar jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha sa’y-harakatlarning zaif institutsionalizatsiyasi kabi muhim muammolarni hamda bajarishning milliy va mintaqaviy darajalari o'rtasidagi tafovutni hal etishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Janobi Oliyalari Sharlotta Adrian xonim ushbu loyiha haqida so’z yuritar ekan, bu boradagi optimizmini izhor etib, shunday dedi: “Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi ulkan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini anglatadi. Korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan say-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash barqaror va adolatli rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.” O‘z navbatida, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi janob Anas Qarman va GIZ direktori janob Yoaxim Frits BMTTD va GIZ O‘zbekiston hukumatining boshqaruv sohasida inklyuziv va odamlar manfaatlariga yo‘naltirilgan o‘zgartirish sari muhim yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyo`r ekanligini ta’kidlab o’tishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Agentlik tomonidan katta hajmdagi ishlar, jumladan, “Halollik reytingi” tashabbusini joriy etish, barcha hududlarda korrupsiyaga oid islohotlarni yoritishni ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ularning salohiyatini oshirish, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida donorlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini joriy etish rejalashtirilganini ta’kidladi.
Loyihalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari huquqiy va institutsional islohotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdan iborat. Bu sa’y-harakatlar sezilarli natijalarga olib kelishi, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashning milliy mexanizmlarini mustahkamlash, halollik va vijdonlilikni, jumladan, mintaqaviy va mahalliy darajada oshirish, fuqarolarning faolligi va xabardorligini oshirishi kutilmoqda.
Loyihalar haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Dilfuza Abulxasan, BMTTD loyihasi menejeri , dilfuza.abulkhasan@undp.org
Viktor Kessler, GIZ loyihasi menejeri, viktor.kessler@giz.de