BMT qo‘shma loyihasi “2-bosqich: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar, ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni inson huquqlariga asoslangan yondashuvni qo‘llash orqali transformatsiya qilish”
BMT qo‘shma loyihasi “2-bosqich: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar, ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni inson huquqlariga asoslangan yondashuvni qo‘llash orqali transformatsiya qilish”
Loyihaning maqsadi:
Ushbu dastur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya talablariga mos bo‘lgan va nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarga mo‘ljallangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan. Dastur Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan amalga oshiriladi va Nogironlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global jamg‘arma (yoki BMTning nogironlar huquqlari bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik jamg‘armasi) tomonidan moliyalashtiriladi.
Asosiy maqsadlar:
Milliy manfaatdor tomonlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni qamrab oluvchi siyosat va tizimlarni samarali ishlab chiqish va amalga oshirish uchun yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega.
Rivojlanish dasturlari va ijtimoiy dasturlarda Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani tatbiq qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy tarkibiy elementlar yoki shart-sharoitlardagi kamchiliklar bartaraf etildi.
Kutilayotgan natijalar:
Milliy manfaatdor tomonlarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning vakilligi kam ifoda etilgan guruhlari ham Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya talablariga muvofiq ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanishini ta’minlash salohiyati kuchaytirilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatuvchilar uchun Inson huquqlariga asoslangan inklyuziv ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqiladi, u sinovdan o‘tkaziladi va joriy etiladi.
Nogironligi bo‘lgan yoshlar va ayollar uchun kompleks va inklyuziv ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.