Vibrant autumn landscape featuring a small village surrounded by colorful trees and mountains.

BMTTDning “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maslahat xizmatlari – Jamoatchilik imkoniyatlarini kengaytirish” B komponenti II bosqichi (Loyiha), ITB QJKR loyihasining ajralmas qismidir

BMTTDning “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maslahat xizmatlari – Jamoatchilik imkoniyatlarini kengaytirish” B komponenti II bosqichi (Loyiha), Islom taraqqiyot bankining (ITB) Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish (QJKR) loyihasining ajralmas qismidir

Loyihaning qisqacha tavsifi: 

BMTTDning B komponenti: “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha maslahat xizmatlari – Jamoatchilik imkoniyatlarini kengaytirish” B komponenti II bosqichi (Loyiha), Islom taraqqiyot bankining (ITB) Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish (QJKR) loyihasining ajralmas qismi bo‘lib, u ITB tomonidan O‘zbekiston hukumatining (O‘zH) rasmiy so‘roviga javoban moliyalashtiriladi va amalga oshiriladi, bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijro etuvchi agentlik hisoblanadi. O‘zH va ITB qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning salohiyati hamda farovonligini oshirishni mazkur QJKR loyihasining strategik maqsadlari sifatida belgilaydi. QJKR loyihasining asosiy maqsadlari esa, qishloq infratuzilmasining sifati, qamrovi va integratsiyasini yaxshilash, natijada yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga zaiflikni kamaytirishdan iborat. Ushbu yakuniy natijalar birgalikda maqsadli hududlarda qishloq aholisining turmush darajasini oshiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, QJKR loyihasining benefitsiarlari 500 000 ga yaqin qishloq aholisi bo‘lib, ular sifatli asosiy infratuzilma va xizmatlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, 3600 nafar qishloq aholisi qishloq xo‘jaligini yuritishning zamonaviy usullari, biznes amaliyotlari, chorvachilikni jadallashtirish va jamoatchilik ishtirokidagi boshqaruv jarayonlari bilan bog‘liq salohiyatni oshirish bo‘yicha treninglarda ishtirok etadi.

QJKR loyihasi kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga qaratilgan bo‘lib, mazkur hududlarda infratuzilmasi rivojlanishdan ortda qolayotgan 157 ta mahallaga yordam ko‘rsatiladi.

Asosiy maqsadlar:

Loyiha uchta o‘zaro bog‘liq oraliq natijalarni ko‘zlaydi, xususan: 

1-oraliq natija: Mahallalarni rivojlantirish rejalarini (MRR) ishlab chiqish va amalga oshirish. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 157 ta mahallaning MRRda ishtirok etish salohiyatini oshirish ushbu hududlarda infratuzilmani va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan iqlimga chidamli MRRni ishlab chiqish, joriy etish va monitoringini ta’minlaydi. 

2-oraliq natija: Aholining ehtiyojmand qatlamiga e’tibor qilgan holda, daromadlarni oshirish salohiyatini kuchaytirish. Biznesni rivojlantirish/kengaytirish yo‘nalishida korxonalar va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, jumladan ehtiyojmand guruhlarning salohiyatini oshirish. 

3-oraliq natija: Hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining salohiyatini oshirish. Ko‘zda tutilgan barcha hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy infratuzilma va xizmatlarni rejalashtirish, joriy etish, ularni monitoring qilish va barqaror boshqarishda ishtirok etish bo‘yicha mansabdor shaxslarning salohiyatini kuchaytirish. 2. Mahalliy aholi, shu jumladan ehtiyojmand guruhlarning qarorlar qabul qilishda ishtirok etish bo‘yicha salohiyatini oshirish.

Kutilayotgan natijalar:

Loyiha maqsadli infratuzilmaviy investitsiyalar, iqlimga moslashtirilgan, gender jihatlar hisobga olingan yechimlarni ilgari surish hamda jamoatchilik ishtirokidagi mahalliy mexanizmlar va qaror qabul qilish jarayonlarini kuchaytirish orqali qishloq joylarda kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy taraqqiyot va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Kutilayotgan ayrim yakuniy natijalarga quyidagilar kiradi: 

1-komponent: Mahallalarni rivojlantirish rejalarini (MRR) ishlab chiqish va amalga oshirish 

 1. 157 ta mahalla darajasidagi MRR ishtirok etish jarayoni doirasida ishlab chiqilib va samarali amalga oshirildi.  

2. Kamida 622 631 nafar qishloq aholisi sifatli asosiy infratuzilma va xizmatlardan yaxshiroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

3. Mahalliy infratuzilma va xizmatlar qamrovi va sifati oshirildi.  

4. Qo‘llab-quvvatlanayotgan mahallalardagi aholi turmush sharoitlari va iqtisodiy sharoitlarida sezilarli yaxshilanishlar kuzatildi.  

2-komponent: Aholining ehtiyojmand qatlamiga e’tibor qilgan holda, daromadlarni oshirish salohiyatini kuchaytirish  

1. Biznes treninglar va shu yo‘nalishdagi yordamlardan foyda ko‘rgan shaxslar (kambag‘allikda yashovchi erkaklar va ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh ayollar va boshqa ehtiyojmand guruhlar) daromadining oshishi.  

2. Biznes amaliyotlarining takomillashuvi va qo‘llab-quvvatlangan mahalliy sanoat korxonalarining daromadlari oshishi. 

3. Iqlimga moslashtirilgan va energiya tejamkor biznes yechimlarining joriy etilishining kengayishi. 

3-komponent: Hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining salohiyatini oshirish 

1. Qo‘llab-quvvatlangan hokimliklar va mahallalar qishloq joylarini kompleks rejalashtirish va rivojlantirishda, shu jumladan MRRda hisobdorlik, shaffoflik va ishtirok etish mexanizmlarini yaxshiladilar. 

2. Mahalliy aholi, shu jumladan ehtiyojmand guruhlarning hududiy va mahalliy darajadagi qarorlarni qabul qilishdagi ishtiroki kengaytirildi.

Loyiha ushbu uchta komponentni oʻzaro uygʻunlashtirishni maqsad qiladi

MRRni ishlab chiqishda (1-komponent) jamoalarga o‘z mahallalari uchun iqtisodiy va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga hissa qo‘shish taklif etiladi. Buning uchun xotin-qizlar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari uchun xavfsiz va doʻstona muhit yaratilib, ular mahallalarning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadilar. 

Daromadlarni oshirish imkoniyatlarini aniqlashda (2-komponent) hamjamiyatlarga qishloq xo‘jaligi/biznesni rivojlantirishning muayyan maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilmaga investitsiyalarni qanday optimallashtirish mumkinligini o‘rganish taklif etiladi. Iqlimga moslashtirilgan va gender jihatlar hisobga olingan yechimlar loyihaning barcha tarkibiy qismlarida ilgari suriladi. 

3-komponent, birinchi navbatda, ishtirok etish mexanizmlarini institutsionalizatsiya qilish va loyiha tadbirlari davomida yaratilgan infratuzilmaning barqarorligini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy sharoitlar, infratuzilmaga investitsiyalar va daromadlarni oshirish sohasidagi ustuvor jihatlarni hisobga olgan holda moslashtiriladi.

Impact

START DATE

April 2024

END DATE

December 2028

STATUS

Davom etayotgan

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

Ministry of economy and finance of the Republic of Uzbekistan

DONORS

UZB-GOVERNMENT

TOTAL CONTRIBUTIONS

$2,365,721

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2024$519,279

2025$178,462

Full Project information(link is external)