United Against Corruption

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI MILLIY EKOTIZIMNI MUSTAHKAMLASH

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI MILLIY EKOTIZIMNI MUSTAHKAMLASH

Loyiha haqida:

So‘nggi yillar ichida O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud institutlar, qonunlar va siyosat yaxshi ishlaydigan, samarali va ishonchli halollik ekotizimiga umumlashtirilganicha yoʻq. Korrupsiya hanuz davlat va xususiy sektorlarda, ayniqsa, mintaqaviy va mahalliy darajada ommalashgan bo‘lib, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talab va jamoaviy harakatlar sustligicha qolmoqda. Shunday muammolarga barham berish uchun mazkur loyiha O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish ekotizimini mustahkamlash, uni inklyuziv, mustahkam, keng qamrovli, milliy, mintaqaviy va mahalliy rivojlanish kun tartiblariga to‘liq integratsiya qilishni maqsad qilgan. Loyiha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura (BP), Bosh prokuratura Akademiyasi, Prezident Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va boshqalar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Asosiy maqsadlar:

O‘zbekiston Respublikasida mustahkam, keng qamrovli, samarali, inklyuziv hamda milliy, mintaqaviy va mahalliy islohotlarga to‘liq integratsiyalashgan strategik, uzoq muddatli va ko‘p qirrali ma’muriy va korrupsiyaga qarshi islohotlarni rag‘batlantiruvchi rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish. Ushbu maqsadga erishish uchun loyiha:

  1. Ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq mustahkam profilaktika, huquqni qo‘llash va jazo choralari yordamida mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik ekotizimlarini birlashtirish uchun siyosat, huquqiy va institutsional asoslarni takomillashtiradi;
  2. Korrupsiyaga qarshi kurashish jadalligi va halollik madaniyatini hududiy va mahalliy darajada kengaytirish uchun hududiy, tuman va mahalliy hokimiyat organlari hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining halollik salohiyatini mustahkamlaydi;
  3. Korrupsiyaga qarshi milliy siyosatni samarali va xolisona monitoring qilish uchun fuqarolar ishtiroki va jamoaviy harakatlarni kuchaytirish hamda korrupsiyaga nisbatan butkul murosasizlikka ko‘maklashish uchun jamoatchilikning xabardorligini oshiradi.

Kutilayotgan natijalar:

  1. O‘zbekistonda kuchli ma’muriy, korrupsiyaga qarshi va halollikka asoslangan ekotizimni yaratish uchun mustahkam huquqiy va institutsional islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.
  2. Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlari va jinoiy sudlov choralarini kuchaytirish uchun jinoyat ishi ochishning kafolatlanganligi, samarali tergov, ta’qib qilish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari ta'minlandi.
  3. Mintaqaviy va mahalliy miqyosda halollikni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi samarali tizimi va vositalari keng joriy qilindi.
  4. Xotin-qizlar, nogironlar va jamiyatdagi boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning fuqarolik faolligiga alohida e’tibor qaratgan holda davlat sektoridan tashqaridagi shaxslar va guruhlarni keng jalb qilish va ularning faol ishtiroki orqali korrupsiyaga qarshi talab va ijtimoiy mas’uliyati kuchaytirildi.

Impact

START DATE

November 2023

END DATE

December 2026

STATUS

Davom etayotgan

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB_Academy of Public Adminstr

DONORS

EUROPEAN COMMISSION

TOTAL CONTRIBUTIONS

$1,745,955

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2023$7

2024$627,862

2025$120,084

Full Project information(link is external)