MARKAZIY OSIYODA ZO‘RAVON EKSTREMIZMNING OLDINI OLISH UCHUN HAMJAMIYATLARDA BARQARORLIKNI RAG‘BATLANTIRISH
MARKAZIY OSIYODA ZO‘RAVON EKSTREMIZMNING OLDINI OLISH UCHUN HAMJAMIYATLARDA BARQARORLIKNI RAG‘BATLANTIRISH
Loyiha haqida:
Loyiha BMTTDning 2022 yilgi Inson xavfsizligi bo‘yicha maxsus hisobotida ta’kidlanganidek, profilaktika, barqarorlik, birdamlik va ijtimoiy hamjihatlikka sarmoyalarni ko‘paytirish zaruriyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Loyiha Markaziy Osiyoda ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash bilan birga hamjamiyatlarning barqarorligini oshirish, yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va zo‘ravon ekstremizmning oldini olish uchun insonga yo‘naltirilgan, kontekstga xos va profilaktik yondashuvni qo‘llaydi. Loyiha zo‘ravon ekstremizmning murakkab muammolarini samarali hal qilish uchun turli yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish muhimligidan kelib chiqadi. U Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga oladi, hamda Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatlarining loyihadan manfaatdorligini, mintaqaviy sinergiya va tegishli tajribalarning maksimal darajada bo‘lishini ta’minlashga ahamiyat qaratadi. Loyiha o‘z faoliyati davomida BMT Xavfsizlik Kengashining 1325 va 2250 rezolyutsiyalarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi gender yondashuvlarini tatbiq etadi.
Asosiy maqsadlar:
Loyiha yosh yigit-qizlarning jamiyat hayotida teng va mazmunli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularni hamjamiyatlarning barqarorligini kuchaytirishda ijobiy o‘zgarishlar sababchilari sifatida e’tirof etadi. Loyiha maqsadli guruhlarga biznes, raqamli va moliyaviy savodxonlikni oshirish va boshqa tegishli ko‘nikmalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy muammolarga yechim izlaydi. Loyiha BMTTD, BMT oilasi, milliy va xalqaro hamkorlar hamda fuqarolik jamiyati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyoda boshqa amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan boshqa loyiha va tashabbuslarni to‘ldirishni nazarda tutadi.
Kutilayotgan natijalar:
O‘zbekistonda loyiha jami 2525 nafar benefitsiarni qamrab olishga qaratilgan. Loyiha yoshlarni o‘qitish va barqaror ish bilan ta’minlash uchun xususiy sektor bilan hamkorlikda tegishli platformalar tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar markazlari va yuridik klinikalar tashkil etish orqali chekka hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga huquqiy va ijtimoiy – psixologik yordam ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, loyiha mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan salohiyatlarini mustahkamlaydi. Loyiha, shuningdek, genderni hisobga olgan holda qarorlar qabul qilish va jamiyat manfaatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan lokal siyosatni amalga oshirish, ayniqsa zaif ayollar va yoshlarga e’tibor qaratish bo‘yicha mahallalarning imkoniyatlarini oshiradi.