STEM-taʼlim va STEM-bandlikda xotin-qizlarning xulq-atvori o‘zgarishining ijtimoiy va psixologik belgilovchi omillari
STEM-taʼlim va STEM-bandlikda xotin-qizlarning xulq-atvori o‘zgarishining ijtimoiy va psixologik belgilovchi omillari
22-November, 2023
Hisobotda taqdim etilgan tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qizlar va ayollarni STEM kasblar sohasiga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun mazkur kasbiy sohada ularning xulq-atvoridagi o‘zgarishlarning ijtimoiy va psixologik determinantlarini o‘rganishdan iborat. Xulq-atvordagi o‘zgarishlar shaxsning o‘zini kasb bilan bog’lash (STEM o‘ziga xoslik) darajasi va uning kasbiy sohaga qo‘shilishi (STEM ishtirok) orqali aniqlandi.
Tadqiqot quyidagi yondashuvlar metodologiyasi asosida amalga oshirildi: Positive Deviance Approach (Ijobiy og'ish yondashuvi), ekologik tizimlar modeli, M. Zimmermanning psixologik jihatdan imkoniyatlar taqdim etish jarayoni modeli, ijtimoiy o'xshashlik nazariyasi, A. Banduraning ijtimoiy-kognitiv nazariyasi. Tadqiqot jarayonida ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar, jumladan, tabiiy fanlar va texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi qizlar va ayollarning nutqlari va intervyulari; STEM sohalarida tahsil olayotgan va ishlayotgan talaba qizlar bilan fokus-guruhlardagi muhokamalar va chuqurlashtirilgan suhbatlar; unga kiritilgan psixologik shkalalar bilan sotsiologik so'rov uchun so’rovnomalar mazmunini tahlil qilish orqali sifatli va miqdoriy ma’lumotlar to‘plandi.