O‘zbekistonda o‘rmonzorlarni barpo etish bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslari

Feasibility Study on Designing a Masterplan on Afforestation in Uzbekistan

pdf (1MB)

Download

O‘zbekistonda o‘rmonzorlarni barpo etish bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslari

4-September, 2023

O‘zbekiston hukumati “Yashil Makon” tashabbusi bilan mamlakatning yashil qoplamini 8 foizdan 30 foizga oshirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish maqsadida besh yil ichida bir milliard daraxt ekishni rejalashtirgan. Ushbu tashabbus yashil iqtisodiyot konsepsiyasiga mos keladi va tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish va biologik xilma-xillikni yo‘qotish kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan. O‘rmonlashtirishga qaratilgan investitsiyalar iqtisodiy imkoniyatlar yaratish va O‘zbekiston fuqarolarining umumiy hayot sifatini yaxshilash, shu bilan birga uglerod chiqindilarini kamaytirish, havo va suv sifatini yaxshilashi kutilmoqda. “Yashil Makon” tashabbusi O‘zbekistonning Parij kelishuvi majburiyatlarini bajarish va 2030-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirish strategiyasining bir qismidir.

“Yashil Makon” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash maqsadida BMTTD Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda ikkita qoʻshimcha tadqiqot oʻtkazdi: 1) Oʻrmonlarni barpo etish bosh rejasini texnik-iqtisodiy asoslash; va 2) Oʻzbekistonda oʻrmonzorlar barpo etish va landshaftni tiklash boʻyicha innovatsion moliyalashtirish yechimini texnik-iqtisodiy asoslash va ishlab chiqish, shuningdek, moliyalashtirish, mahalliylashtirish, qiymat yaratish va aholining turmush sharoitiga taʼsiri boʻyicha tavsiyalar. Ushbu tadqiqotlar qator maslahatlashuvlar hamda ilg‘or xalqaro tajribalarga asoslandi. Hisobotda bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha tavsiyalar umumlashtiriladi.

Document Type
Regions and Countries
Sustainable Development Goals