Karantin paytida o‘z ustida ishlashni qanday davom ettirish mumkin
Karantin paytida o‘z ustida ishlashni qanday davom ettirish mumkin
1-May, 2020
O‘zbekistondagi WEP loyihasi oilalar uchun o‘z ustida ishlash va so‘nggi bo‘layotgan o‘zgarishlardan chetda qolmaslikni ko‘zda tutuvchi infografikalar tayyorladi!
Karantin holati aksariyat oilalar uchun jiddiy sinov davriga aylandi. Hozirda dunyoning barcha mamlakatlarida do‘stlar bilan diydorlashish imkoni yo‘qligi va uy sharoitida mashg‘ulotlarning cheklanganligi sabab ko‘plab oilalar qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va bizning “Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasimiz oila a'zolarini yanada inoqlashtirish va karantin sharoitida ularning bilimlarini oshirish uchun bir qancha faoliyatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Bu mashg‘ulotlar ro‘yxatini o‘zida aks ettirgan infografika O‘zbekistondagi dorixonalarda tarqatilmoqda. Unda maxsus QR-kodlar keltirilgan bo‘lib, ularni telefon kamerasida skanerlash orqali siz avtomatik tarzda onlayn-fitnes, kutubxona, fil'mlar, ilm-fan bo‘yicha ma'ruzalar, xorijiy til va pazandachilik kurslari bo‘lgan Internet saytlariga kirishingiz mumkin bo‘ladi. Mazkur kurslarning barchasi bepul, bu esa ota-onalar va bolalarning ma'rifiy mashg‘ulotlarini yanada quvnoq o‘tkazishlari uchun juda yaxshi imkoniyatdir.