Uslubiy qo’llanma Biznеs Jarayoni Rеinjiniringi
Uslubiy qo’llanma Biznеs Jarayoni Rеinjiniringi
28-January, 2022
Biznes jarayonlari reinjiniringi (BPR) davlat xizmatlarini takomillashtirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasining “O‘zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida davlat xizmatlarini ko'rsatishda BPRdan ta'sirchan va samarali foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi. Shuningdek, qo'llanmada davlat xizmatlarini ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha zarur takliflar va yo'l-yo'riq tamoyillari haqida ma'lumotlar ham mavjud.
BPR qoʻllanmasining asosiy maqsadi davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish jarayonini izchil va davomli tarzda amalga oshirish uchun koʻrsatma boʻlib xizmat qilish, shu tariqa Oʻzbekiston boʻylab davlat muassasalarida biznes-jarayonlarni reinjiniringiga tizimli, izchil yondashuvni taʼminlashdan iborat.