Iqlim oʿzgarishi va barqarorlik
Markaziy Osiyoda iqlim oʿzgarishi va barqarorlik
Loyihaning qisqacha mazmuni:
Loyihaning umumiy maqsadi, Farg’ona vodiysining, Oʿzbekiston, Qirgʿiziston va Tojikiston respublikalari bilan chegaradosh hududlarda barqarorlikni ta’minlash va iqlim o’zgarishiga chidamli rivojlanish modellarini qo’llab-quvattlashdan iborat. Loyiha mahalliy, milliy va mintaqaviy darajadagi manfaatdor tomonlar o’rtasida iqlim o’zgaruvchanligi havfi to’g’risidagi bilimlarni oshiradi; xavf-xatarlarni inobatga oluvchi siyosatni ishlab chiqish va transchegaraviy resurslarni boshqarishga ko’maklashadi va havflarni kamaytirish bo’yicha amaliy choralarni qo’llab-quvvatlaydi.
Kutilayotgan natijalar:
Loyihaning yoʿnalishi tegishli tadbirlar to’plamidan tashkil topgan quyidagi to’rtta asosiy natijaga qaratiladi.
- 1-Natija: O’zbekiston, Qirgʿiziston va Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh hududlarda iqlim o’zgaruvchanligi havfini aniqlash va unga baho berish bo’yicha bilimlar bazasini va saloyihatini oshiriladi.
- 2- Natija: Oʿzbekiston, Qirgʿiziston va Tojikiston Respublikalarining milliy siyosatiga, iqlim o’zgarishiga moslashish rejalariga va rivojlantirish strategiyalariga iqlim o’zgaruvchanligi havfito’g’risidagi tushunchalarni tadbiq qilish bo’yicha texnik yordam ko’rsatiladi.
- 3- Natija: Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va iqlim beqarorligi xavfi to'g'risida xabardorlikni oshirish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
- 4- Natija: Fargʿona vodiysidagi tajriba uchastkalarida oldindan ogohlantirish va profilaktika choralarini kuchaytiriladi.