Kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish
Oʼzbekiston aholisining iqlim oʼzgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish
Loyiha to’grisidagi qisqacha ma’lumot:
Iqlim oʼzgarishi natijasida qaytalanish tezligi va intensivligi oshib borayotgan gidrometeorologik ofatlar keng koʼlamli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan boʼlib, jumladan, iqlim oʼzgarishi tufayli Oʼzbekistonda suv toshqinlardan koʼriladigan iqtisodiy zarar 236 million AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Iqlim oʼzgarishiga moslashishni Oʼzbekiston Parij bitimi doirasidagi birinchi Milliy miqyosda belgilanadigan hissasining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olgan boʼlib, unda Kompleks erta ogohlantirish tizimini (KEOT) yaratish zarurati alohida taʼkidlangan. Shunga koʼra, mazkur loyiha mamlakatdagi mavjud erta ogohlantirish tizimini modernizatsiya qilish va uni taʼsir samaradorligiga asoslangan KEOTga aylantirishni maqsad qilgan. Dastlabki bosqichda asosiy urgʼu Fargʼona vodiysining aholisi zich va iqtisodiy jihatdan muhim boʼlgan sharqiy togʼli hududlaridagi suv toshqinlari, sellar, koʼchkilar, qor koʼchkilari va gidrologik qurgʼoqchilik kabi tabiiy ofatlarga qaratiladi. Shu orqali KEOTni mamlakatda iqlim bilan bogʼliq xatarlarni boshqarish tizimining muhim elementiga aylantirish taʼminlanadi. Iqlim bilan bogʼliq xatarlarning keskinlik darajasi ortib borayotgan bir sharoitda mazkur tizim Oʼzbekiston aholisining (bilvosita benefitsiarlar), shu jumladan, hozirgi kunda iqlim oʼzgarishi natijasida yuzaga kelayotgan tabiiy ofatlar xavfi ostida boʼlgan togʼli hududlarda yashovchi eng himoyasiz va kambagʼal qishloq aholisining iqlim oʼzgarishiga nisbatan chidamliligini oshirishga xizmat qiladi.
Kutilayotgan natijalar:
Loyihaning maqsadi - prognoz qilinayotgan iqlim oʼzgarishi oqibatlarini hisobga olgan holda Oʼzbekistonda iqlim oʼzgarishi bilan bogʼliq xatarlar (tabiiy ofatlar) toʼgʼrisida kompleks erta ogohlantirish tizimining samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish. Mazkur yondashuv Iqlim sohasidagi xizmatlarning global hadli asoslarida bayon etilgan tamoyillarni qamrab olib, ular Oʼzbekistonda mavjud boʼlgan erta ogohlantirish tizimining zaif tomonlarini bartaraf etish uchun amaldagi ishlash rejimlari, joriy infratuzilma, texnik imkoniyatlar va institutsional tuzilmalarni hisobga olgan holda “qiymat zanjiri” yondashuvini qoʼllashni nazarda tutadi. Loyiha doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarni modellashtirish orqali taʼsir samaradorligiga asoslangan KEOT joriy etilib, prognozga asoslangan moliyalashtirish elementlari qarorlar qabul qilishda iqlim maʼlumotlaridan foydalanishga innovatsion inqilobiy yondashuv sifatida oʼrganiladi va ilgari suriladi.
Binobarin, buning natijasida Oʼzbekistonda mavjud boʼlgan Erta ogohlantirish tizimining oqibatlar bilan kurashishga asoslangan tizimidan ob-havo va iqlim maʼlumotlarini toʼplash va shakllantirish/prognozlash samaradorligini oshirish orqali hodisalar yuz berishidan avval profilaktik ogohlantirishga asoslangan tizimga oʼtiladi. Bu esa, oʼz navbatida, ob-havo/iqlim maʼlumotlari/prognozlarini ularning mazmunini tushunadigan va qanday javob chorasi koʼrish lozimligini biladigan foydalanuvchilarga tarqatiladigan samarali ogohlantirish tizimini shakllantirishga xizmat qiladigan uslub va tizimlarning ishlab chiqilishiga olib keladi. Ushbu loyiha Oʼzbekistonda qor koʼchkilari, suv toshqinlari, qurgʼoqchilik, koʼchki va sellarni aniqlash, monitoringini yuritish, tahlil qilish va prognoz qilish salohiyatini oshirish hamda loyiha tomonidan qamrab olingan hududlarda ogohlantirish xabarlarini tarqatish va prognozga asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taʼsirga asoslangan xatarlar toʼgʼrisidagi bilim mahsulotlarini ishlab chiqish uchun moʼljallangan.