Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi BMTTD loyihasi natijalari bilan tanishish uchun Qoraqalpog'istonga tashrif buyurdi

2-July, 2024
Foto: BMTTD O'zbekiston

Nukus, Qoraqalpog'iston, 2024-yil 1-iyul - Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Janob Hatori Takashi, birinchi kotib Tae Takita-Sato xonim hamrohligida bugun Nukusga Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan BMTTD loyihasi natijalari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad Qoraqalpog'istonda mahalliy rivojlanish tashabbuslarini takomillashtirishda muhim rol o'ynagan BMTTD loyihasining ta'siri va taraqqiyotini baholashdir. Tashrif davomida elchi va birinchi kotib mahalliy ehtiyojlar va loyihaning barqaror rivojlanish maqsadlariga qo'shgan hissasi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirishga qaratilgan turli tadbirlar va uchrashuvlarda ishtirok etdilar.

Foto: BMTTD O'zbekiston

Janob Hatori Takashi va Tae Takita-Sato xonim Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida muhim uchrashuvda ishtirok etib, asosiy manfaatdor tomonlar, jumladan, Vazirlar Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Janob Nurullan Erlepesov va O'zbekiston BMTTD vakillari bilan loyihaning yutuqlari va mintaqaning barqaror rivojlanishiga qo'shgan hissasi haqida muhokama qildilar. 

Uchrashuvdan so'ng delegatsiya BMTTD Nukusdagi loyiha ofisiga tashrif buyurdi, u yerda Qoraqalpog'istondagi dastur menejeri Janob Alisher Utemisov ularga loyiha metodologiyasi va natijalarini taqdim etdi. Keyin ular Nukus tumanidagi loyiha maydonlariga, shu jumladan "Tohirkol" hududiga tashrif buyurishdi, u yerda loyihaning mahalliy jamoalarga, ayniqsa qishloq xo'jaligi va asalarichilikka ta'sirini kuzatdilar. Asalarichilarga tegishli uskunalar va sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Foto: BMTTD O'zbekiston

Bundan tashqari, elchi va birinchi kotib Ekologiya vazirligi huzuridagi Xalqaro innovatsion markaz bilan hamkorlikda BMTTDning aqlli qishloq xo'jaligi bo'yicha qo'shma dasturini o'rganish uchun “Samanbay” jamoasiga tashrif buyurishdi.

Janob Hatori Takashi loyiha doirasida erishilgan yutuqlardan mamnunligini bildirdi va Yaponiyaning O'zbekistonda barqaror rivojlanish borasidagi sa'y-harakatlarini doimiy qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Foto: BMTTD O'zbekiston

Loyiha haqida: BMTTDning “Iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi orqali Orolboʻyi mintaqasida barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihasi" Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, 2023-2025 yillarda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'istonning eng zaif hududlarida yashovchi aholining iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi bilan bog’liq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan va ular Orol dengizidagi inqirozni bartaraf etish bo'yicha O'zbekiston hukumatining siyosati va strategiyalariga to'liq mos keladi.