“Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” ma’muriy huquqbuzarliklarni sudlarda ko‘rish amaliyoti
“Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” ma’muriy huquqbuzarliklarni sudlarda ko‘rish amaliyoti
5-March, 2025
Ushbu tadqiqot fuqarolik jamiyati tashkilotlari va BMT Taraqqiyot Dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi "O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan beshinchi tadqiqot hisoblanadi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda, Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Ushbu tadqiqot 2023-yil 11-apreldagi 829-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (MJK) kiritilgan 59-2-modda – oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bo‘yicha qo‘llanilishini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqot natijalari ayollarning adolatga erishishida gender bo‘yicha ajratilgan statistik ma’lumotlarning yetishmasligi va dalillarga asoslangan tavsiyalar orqali huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biri NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining sud amaliyotini tahlil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.