Toshkent, 2021 yil 17 -avgust - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) 10 yildan buyon O'zbekistonni ma'muriy islohotlar jarayonida biznes jarayonlarini reinjiring (BPR) metodologiyasini joriy qilmoqda. Dastlab xususiy kompaniyalar uchun transformatsiya vositasi sifatida ko'zda tutilgan BPR davlat sektorida ham institutsional islohotlarni amalga oshirishda keng qo'llanila boshladi. Xususan, xizmatlarni optimallashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan "Davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini yaxshilash uchun elektron hukumatni targ'ib qilish" va "O'zbekiston biznes-forumi" kabi oldingi loyihalar doirasida biz BPR elementlarini O'zbekiston milliy qonunchiligiga kiritishga ko'maklashdik.
Shu sababli ham BPR metodologiyasini ma'muriy islohotlar vositasi sifatida yanada targ'ib qilish Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Davlat xizmatlari agentligi va BMTTDning "O'zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko'rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini yaxshilash" qo'shma loyihasining muhim vazifasidir. Shu munosabat bilan Qo'shma loyiha 2021 yil 17-19 avgust kunlari Davlat xizmatlari agentligi, shuningdek, davlat xizmatlarini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatuvchi vazirliklar va idoralar vakillari uchun Latviyadan kelgan xalqaro trener Datse Gruberte ishtirokida 3 kunlik BPR treningini tashkil etdi.
«Biznes -jarayonlarni reinjiniring qilish davlat xizmatlarini modernizatsiya qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. BPR - bu tashkilotdagi ish oqimi va jarayonlarini tahlil qilish va loyihalashtirishga yo'naltirilgan boshqaruv strategiyasi bo'lib, u tashkilotlarga o'z xizmatlarini tubdan qayta ko'rib chiqishga, operatsion jarayonlar bilan bog'liq xarajatlar va xatarlardan saqlanishga, davlat xizmatlarini taqdim etishda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi. ”- Datse Gruberte, Xalqaro biznes jarayonlarini reinjiniring bo'yicha maslahatchi.
Trening doirasida ishtirokchilar jarayonlar va protseduralarni takomillashtirish, tashkilot samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishda BPRning keng imkoniyatlari qo'llash to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar. Shuningdek, DXA va bek-ofis tashkilotlari xodimlari foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlarini yaxshilash uchun ushbu vositani amalda qo'llashlari mumkin bo'ladi.
Shu bilan birga, trening nazariy qismdan tashqari amaliy jarayonni ham o'z ichiga oladi, metodologiya amaliy tadqiqotlar va munozaralar orqali mustahkamlanadi.
BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakilining o'rinbosari Doina Munteanu o'z nutqida ta'kidlaganidek: “2020 yilda bizning loyihamiz doirasida bolalar bog'chasiga yo'llanma berish, turar joylarni noturar-joyga o'zgartirish va suv ta'minot tizimiga ulanish kabi 3 ta xizmat qayta ko'rib chiqildi. BPR natijalari ushbu xizmatlar to'g'risidagi o'zgartirilgan reglamentlarga va vazirliklar va idoralarning boshqa ichki yo'riqnomalariga kiritilgan. Bu yil biz 9 ta qurilish xizmati, 6 ta kadastr xizmati va 2 ta nostrifikatsiya xizmatlarida BPR amalga oshirmoqdamiz."
Trening davomida to'plangan bilim va tajriba, shubhasiz, davlat xizmatlarining milliy tizimini yanada rivojlantirish, ularning sifati va imkoniyatlarini yaxshilash uchun katalizatorga aylanadi.