Hamkorlar Oʻzbekistonda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qildilar

15-July, 2021

Davlat xizmatlari agentligi fotosurati

2021-yilning 14-iyul kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulugʻbek Muhammadiyev, KPMG konsalting kompaniyasi vakillari hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va Oʻzbekistondagi BMTTDning “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining besh davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi loyihasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qilishga bagʻishlangan amaliy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida KPMG mutaxassislari ishtirokchilarga ishlarni tashkil etish jarayoni va mavjud vaziyatni oʻrganish uchun tanlangan metodologiya, shuningdek, mazkur strategiya loyihasi va uni amalga oshirish uchun yoʻl xaritasi ishlab chiqish haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Bu yangi strategiya meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, mavjud va zamonaviy axborot tizimlarining integratsiyasini oshirish, optimallashtirish boshqaruv va monitoringning tashkiliy tuzilmasini omptimallashtirish, shu jumladan kadrlar salohiyatini oshirish, markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishni xususiy sektor boʻyicha autsorsing qilish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish yoʻlidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha davlat siyosatini samarali yuritishga qaratilgan boʻladi.

Strategiya loyihasida davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish va davlat xizmatlaridan foydalanishda aholining barcha qatlamlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratish uchun zarur boʻlgan barcha kanallarning inkluzivligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish nazarda tutilgan.

 

Tasdiqlanganidan soʻng, ushbu strategiya davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali, mamlakatning barcha aholisi, ayniqsa, qishloqda yashovchilar, shu jumladan xotin-qizlar, yoshlar va koʻp bolali oilalar, qariyalar va imkoniyati cheklangan shaxslarning turmush sifatini yaxshilashga koʻmaklashishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar kelib tushgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, bu muhim strategik hujjatning yakuniy talqinini taqdim etish muddatini kelishib oldilar.