“Mening oilam uchun davlat xizmatlari” bolalar rasmlari milliy tanlovida Oʻzbekistonning barcha hududlaridan 398 nafar oʻgil-qizlar ishtirok etganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.
Tanlov tashkilotchilari? ya'ni Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda Adliya vazirligi, har bir yosh toifasida 6 nafardan gʻoliblarni aniqlagan boʻlsalar, BMT Taraqqiyot Dasturining va Yevropa Ittifoqining maxsus nominatsiyalari boʻyicha 4 nafar gʻolib va eng yaxshi 20 ta rasm boʻyicha 8 nafar ishtirokchilarga ragʻbatlantiruvchi sovgʻalarni topshirildi.
1-oʻrin – Lenovo i5 noutbuki va sovgʻalar toʻplami:
Sabina Azamjonova, Fargʻona viloyati, 6-9 yosh
Daler Hikmatov, Buxoro viloyati, 10-14 yosh
2-oʻrin – Samsung Tab A plansheti va sovgʻalar toʻplami:
Kamronbek Amonboev, Jizax viloyati, 6-9 yosh
Aziza Moʻminova, Toshkent viloyati, 6-9 yosh
Shahrizoda Omonboeva, Toshkent viloyati, 10-14 yosh
Sevda Yuldoshova, Qashqadaryo viloyati, 10-14 yosh
3-oʻrin – Samsung A31 smartfoni va sovgʻalar toʻplami:
Adel Hikmatova, Buxoro viloyati, 6-9 yosh
Salohiddin Toʻlqinjonov, Toshkent viloyati, 6-9 yosh
Mubinaxon Ahrorova, Sirdaryo viloyati, 6-9 yosh
Laylo Haydarova, Toshkent viloyati, 10-14 yosh
Sabina Sodiqova, Buxoro viloyati, 10-14 yosh
Salohiddin Umarbekov, Toshkent viloyati, 10-14 yosh
BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi nomidan “Eng ijodiy yondashuvli rasm” maxsus nominatsiyasi boʻyicha gʻolibga – Samsung A20s smartfoni va sovgʻalar toʻplami
Sarvinoz Kulmuradova, Navoiy viloyati, 6-9 yosh
Hurliman Pirniyazova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 10-14 yosh
Yevropa Ittifoqi nomidan “Eng yorqin rasm” maxsus nominatsiyasi boʻyicha gʻolibga – Samsung A20s smartfoni va sovgʻalar toʻplami
Dovronbek Azamatov, Toshkent viloyati, 6-9 yosh
Shahnoza Ablaqulova, Samarqand viloyati, 10-14 yosh
Gʻoliblar tomonidan ishlangan rasmlarni quyidagi havola boʻyicha onlayn galereyada koʻrish mumkin