"Raqamli san’at mahsulotlari tanlovi" g‘oliblari taqdirlandi

16-January, 2025
a person standing in front of a group of people posing for a photo
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

2024-yilning 16 kunlik faollik kampaniyasi doirasida o‘tkazilgan posterlar, fotosuratlar va qisqa video lavhalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Tanlovda ishtirok etgan yosh ijodkorlar o‘zlarining tasviriy ishlari bilan ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi ogohlantirish va ongli jamiyatni shakllantirishga qaratilgan kuchli xabarlar berishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tanlovning asosiy maqsadi – ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllari haqida xabardorlikni oshirish va buni bartaraf etish uchun jamoatchilikni faol harakatga undashdan iborat.

Har yili, 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar, "Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasi dunyo bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yilgi kampaniya ayniqsa ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishda ijodning kuchidan foydalanishga e’tibor qaratdi. Tanlovda ishtirok etish – faqatgina o‘z ijodini namoyish qilish imkoniyati emas, balki jamiyatda muhim o‘zgarishlarga erishish uchun o‘z hissangizni qo‘shishdir.

Tanlovda qatnashganlar orasidan saralab olingan eng yaxshi ishlar g‘olib bo‘ldi. Har bir nominatsiya bo‘yicha uchtadan g‘olib aniqlanib, ular planshetlar bilan taqdirlandilar. Bu g‘oliblar nafaqat o‘z ishtirokini yuqori baholashga muvaffaq bo‘ldilar, balki boshqa yoshlarni ham ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga ilhomlantirdilar.

Tanlov gʻoliblarining ijodiy ishlari:

Posterlar:

1-oʻrin: Iroda Ulmasboeva

diagram
Poster: Iroda Ulmasboevaning ijodiy ishi

2-oʻrin: Amir Xolmatov

a drawing of a person
Poster: Amir Xolmatovning ijodiy ishi

3-oʻrin: Angelina Fetisova

text
Poster: Angelina Fetisovaning ijodiy ishi

Videolar: 

1-o‘rin: Shaxnoza Shokirova

2-o‘rin: Sayyora Rustemova

3-o‘rin: Behruz Mamatov