Image: UNDP Uzbekistan
Vazirliklar, BMT agentliklari, Yevropa Ittifoqi va boshqa manfaatdor tashkilotlarining vakillari «O'zbekistonda barqaror rivojlanishni Kompleks milliy moliyalashtirish mexanizmini yaratish» BMT Qo'shma dasturining 2021 yildagi faoliyati natijalarini muhokama qilib, joriy yil uchun rejalarni tasdiqladilar.
BMT Qo'shma dasturining asosiy maqsadi – O'zbekiston hukumatiga milliy taraqqiyot strategiyalarini moliyalashtirish va davlat mablag'larini boshqarishni mustahkamlashda ko'maklashishdan iborat. Dasturning faoliyati ijtimoiy (ijtimoiy yordam va sog'liqni saqlash sektorlariga asosiy urg'u bergan holda) va ekologik islohotlarni rivojlantirishga bo'lgan ta'sirni oshirish uchun moliyaviy yechimlarga ega Integratsiyalashgan milliy moliyalashtirish mexanizmini yaratishga ko'maklashishga yo'naltirilgan.
“BRMni moliyalashtirish strategiyasi hukumatga “Yangi Oʻzbekiston”ni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish orqali yordam berishi kutilmoqda”, - deya qayd etdi o'zining kirish so'zida O'zbekistondagi BMTTD Doimiy vakili Matilda Dimovska. Uning aytishicha, Strategiya mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish yo'llarini taklif qiladi, shuningdek, qo'shimcha mahalliy va xalqaro mablag'larni jalb qilish yo'llarini taklif qiladi.
2021 yilda Barqaror taraqqiyot maqsadlari Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasini yaratish bo'yicha ishlar boshlangan. Bugungi kunga kelib rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi yirik davlat, xususiy va xalqaro institutlar bilan qator maslahatlashuvlar o'tkazildi. Ushbu muhokamalarning natijalari Kompleks moliyalashtirish strategiyasining birinchi loyihasida aks ettiriladi.
Moliya vazirining o'rinbosari, Axadbek Xaydarov o'zining kirish so'zida mamlakat hukumati tomonidan yangi yaqin 5 yilda O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilinishi bosqichida Kompleks moliyalashtirish strategiyasining ahamiyatini qayd etdi. “Moliyalashtirish strategiyasi milliy ustuvorliklarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni kompleks baholashga, shuningdek qanday qo'shimcha, muqobil resurslarni jalb qilish mumkinligini aniqlashga yordam beradi”.
Dasturning yana bir ahamiyatli yo'nalishi BRMga erishish uchun yangi innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va yo'lga qo'yishdan iborat. Xususan, BRM obligatsiyalar chiqarish bo'yicha hadli nizomining ishlab chiqilishi muhim hodisa bo'lib, ushbu nizom asosida O'zbekiston hukumati 2021 yilning iyul oyida dastlabki BRM obligatsiyalarini muomalaga chiqardi.
Taqdimot davomida BSST maslahatchisi Kristofer Fitspatrik ta'kidlaganidek, BSSTning tibbiy muassasalar faoliyatida moliyalashtirishning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etishga doir ishi Sog'liqni saqlash vazirligiga tibbiy xizmatlarga yo'naltirilgan birinchi davlat ijtimoiy to'plamini joriy etish imkonini taqdim etdi. Xususan, xalqaro standartlarga mos keladigan aralash to'lov modeli sinovdan o'tkazildi.
BMT Narkotiklar va jinoyat bo'yicha boshqarmasi 2021 yildagi faoliyati doirasida noqonuniy moliyaviy oqimlarni nazorat qilish hamda muzlatilgan, hatlangan va musodara qilingan aktivlarni boshqarish bo'yicha milliy tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan har tomonlama tahlil o'tkazib, tavsiyalar to'plamini tayyorladi.
YUNISEF va Moliya vazirligi o'rtasida dastur doirasida bolalarning manfaatlari, ijtimoiy himoya, ta'lim va sog'liqni saqlashda tegishli tarmoq strategiyalarini amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni inobatga olgan holda byudjetni shakllantirish imkonini beruvchi eng yaxshi yondashuvni joriy etish yuzasidan muzokaralar boshlab yuborildi.
Dastur natijalari yuzasidan taqdimot tugaganidan so'ng uchrashuv ishtirokchilari 2022 yil uchun rejalarni muhokama qildilar. Jumladan, joriy yilda BRMni Moliyalashtirish strategiyasining yakunlanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Qo'shma dastur BRM obligatsiyalarini chiqarishdan tushumlarni xalqaro standartlarga muvofiq tarzda taqsimlash bo'yicha hisobotlarni tayyorlashda hukumatga ko'mak ko'rsatishda davom etadi.
Sog'liqni saqlash sektoridagi ustuvor tadbirlar sog'liqni saqlashni moliyalashtirishning yangi modelini to'liq amalga oshirish uchun zarur bo'lgan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat bo'ladi.
Qo'shma dastur aktivlarni boshqarish bo'yicha funksional tizimni joriy etish uchun o'g'irlangan/xatlangan aktivlarni boshqarish bo'yicha ishlarni davom ettiradi.
Ijtimoiy himoya borasida esa, Qo'shma dastur bolalarning manfaatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy harajatlarni rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish sohasida salohiyatni oshirishga, shuningdek byudjet so'rovlarini tahlil qilishda qo'llaniladigan vositalarni joriy etishga qaratiladi.
***
“O'zbekistonda Kompleks milliy moliyalashtirish strategiyasini yaratish” BMT Qo'shma loyihasi BMTTD tomonidan Xalqaro favqulodda bolalar jamg'armasi (YUNISEF), Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (BSST) hamda BMT Narkotiklar va jinoyat boshqarmasi (BIT NJB) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Dastur BTM Qo'shma jamg'armasi hamda Yevropa Ittifoqi va quyidagi donor-mamlakatlarning badallari hisobiga moliyalashtiriladi: Daniya, Germaniya, Irlandiya, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya.