Uzum Market BMT Taraqqiyot Dasturining “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

11-March, 2025
Two people shaking hands, holding blue folders, with a "Uzum" logo and UNDP banner in the background.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Uzum Market va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMT Taraqqiyot Dasturi) “Umidani chaqiring” tashabbusi doirasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Mazkur loyiha ko‘chadagi tazyiq va ta’qibga uchragan shaxslar uchun xavfsiz joylar tarmog‘ini yaratishga qaratilgan. Milliy marketpleys loyihaning O‘zbekistondagi eng yirik hamkoriga aylandi.

Pilot tashabbus doirasida mamlakat bo‘ylab 179 ta Uzum Market buyurtmalarni topshirish punktlari qo‘shildi. Punktlarning kirish joylarida tashabbus ishtirokchiligi haqida ma’lumot beruvchi stikerlar joylashtirildi, bu esa xavfsiz joylarni osongina aniqlash imkonini beradi. Buyurtmalarni topshirish punktlari xodimlari murojaat qilganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitildi va ular muntazam ravishda test sinovlaridan o‘tadi. Bu muhim jihat, chunki butun mamlakat bo‘ylab ayollar ushbu stiker mavjud bo‘lgan punktlarda ularga albatta yordam berilishiga ishonch hosil qilishlari lozim.

A woman in a colorful outfit sits at a table, engaged in conversation, with a UNDP logo in the background.
Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

— “Biz Uzum Market’ni “Umidani chaqiring” tashabbusi hamkorlari qatorida ko‘rishdan mamnunmiz. Hamkorligimiz o‘z vaqtida boshlangan – bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni mavzusi: HAMMA ayollar va qizlar uchun: Huquqlar. Tenglik. Keng imkoniyatlar. BMT Taraqqiyot Dasturi shuni ishonch bilan ta’kidlaydi: taraqqiyotga faqatgina kuchlarni birlashtirish orqali erishish mumkin. Bizga qo‘shiling va yanada xavfsiz va teng huquqli jamiyat barpo etishga o‘z hissangizni qo‘shing”, – deydi BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii.

Foto: O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

— “Bu BMT Taraqqiyot Dasturi bilan gender tengligini ta’minlashga qaratilgan birinchi loyihamiz emas. Biz mamlakat bo‘ylab 1300 dan ortiq ayolni raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslariga o‘rgatdik. Endi esa bizning buyurtmalarni topshirish punktlarimizda har qanday ko‘chada qiyin vaziyatga tushib qolgan ayol yoki qiz yordam topishi va vaqtinchalik boshpana olishi mumkin. Muhimi, har kim bilishi kerak: agar yaqin atrofda Uzum Market punkti bo‘lsa, u yerga kirib, yordam olishi mumkin. Punktning o‘zida esa xavf-xatardan qochib keyingi qadamni mustaqil hal qilish mumkin”, – deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

“Umidani chaqiring” tashabbusi 2022 yil mart oyida ishga tushirilgan bo‘lib, u ayollar va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan, chunki ular ko‘chadagi zo‘ravonlik va ta’qibga eng ko‘p duch keladigan guruhlar hisoblanadi. Ushbu tashabbus doirasida korporativ ijtimoiy mas’uliyat va ko‘ngillilik asosida xavfsiz joylar tarmog‘i yaratilib, hamkor kompaniyalar – supermarketlar, restoranlar, dorixonalar va boshqa joylarda shaxsiy xavfsizligiga tahdid soluvchi vaziyatlarga tushib qolgan insonlar uchun vaqtincha boshpana taqdim etiladi.

Bugungi kunga kelib, 17 ta kompaniya loyiha ishtirokchisiga aylangan, tarmoq bo‘ylab 350 dan ortiq xavfsiz lokatsiya mavjud, shuningdek, 8000 dan ortiq hamkor kompaniya xodimlari ko‘chadagi tazyiqlarga uchraganlarga yordam berish bo‘yicha o‘qitilgan.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot olish va ishtirok etish uchun bu yerga(link is external) murojaat qilishingiz mumkin.