BMTTD hisoboti O‘zbekistonda qizlar va ayollarning STEM sohalarida imkoniyatlarini kengaytirishning asosiy omillarini aniqlab bermoqda
29-November, 2023
Fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) ta’limida gender tafovutini anglash va bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi Akselerator laboratoriyasi tomonidan tayyorlangan tadqiqot natijalarini taqdim etmoqda.
Hisobot Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan bo‘lib, xotin-qizlarning STEM ta’limini va kasbiy yo’nalishni tanlashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashga bag‘ishlangan.
Hisobotda ayollarning STEM ta’limi sohasidagi yo'lini shakllantiruvchi muhim omillar ochib berilgan.
Ota-onalarning ta'lim darajasidan qat'i nazar, qizlar va ayollar orasida STEM-ga bo'lgan qiziqish va unga jalb etilish ustunlik qilmoqda. Qizig'i shundaki, aka-uka va opa-singillarning texnikkaviy sohalardagi ma'lumoti STEM sohalaridagi kasblarnii tanlashda muhim rol o'ynamoqda.
STEM kasblarini tanlash motivlari o'smirlik va erta balog'at davrida eng yuqori cho'qqisiga chiqadi. O'z-o'zini anglash, o'z-o'zini rivojlantirish, o'sish imkoniyatlari va STEM-ga jamiyatning munosabati kabi omillar kasb tanlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Psixologik omillar, xususan kuchli ijtimoiy tayanch, STEM sohasida qat’iy qaror qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Ushbu topilmalarga asoslanib, hisobotda ayollarning STEM sohasida muvaffaqiyatga erishishlari uchun qulay muhit yaratish, jumladan, mavjud bo'shliqlarni bartaraf etish maqsadida ayollarning STEM ta'limini qo'llab-quvvatlovchi siyosatni ishlab chiqish; talaba qizlarning istiqbollari va tajribalarini kengaytirish uchun chet elda STEM bo’yicha stajirovkalarini rag‘batlantirish; kelajak avlodlarni ilhomlantirish maqsadida STEM sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayollar ishtirokidagi STEMga bag’ishlangan teleko'rsatuvlar va TED Talk platformalarini yaratishga ko'maklashish va STEM sohasida ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun INHA universiteti va Turin politexnika universitetining muvaffaqiyatli tajribalarini tarqatish bo'yicha tavsiyalar to'plami taklif etildi.
Hisobotning to’liq matnini bu yerdan yuklab olish mumkin.
Hisobot taqdimoti Toshkentdagi INHA universitetida bo'lib o'tdi. Tadbirga BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal Bryus, BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Ram Ayer, Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sabirova, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Shahlo Turdikulova qo’shildilar. Taqdimot marosimini tadbir mezboni - kirish so'zi va motivatsion nutqi bilan Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov ochib berdi.
BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili v.b. Ram Ayer o‘zining kirish so‘zida shunday dedi:
"Qiz bolaning STEMga bo‘lgan qiziqishini yoshligidan shakllantirish orqali biz uning istiqboldagi muvaffaqiyatlari uchun yo‘l ochamiz. Muammolarni hal qilish uchun mustahkam poydevor yaratish, o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlashdan tortib, qiziqarli karyera imkoniyatlariga eshiklarni ochishgacha - barchasi qizning hayotini o'zgartirishi mumkin bo'lgan ko’plab afzalliklarni taqdim etadi."
Tadbir qizlar va ayollarning STEM ta'lim olishiga va kasb egasi bo'lishiga sarmoya kiritishga chaqirib, hozir bo'lib o'tayotgan gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar tashabbusining asosiy g’oyasini qo’llab quvvatladi. Bu yilgi ushbu tashabbus ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga sarmoya kiritishga chaqirmoqda.