
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) va Sug‘urta Rivojlanish Forumi (IDF) a’zolari - Europa Re va Swiss Re, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan InsuResilience Solutions Fund (ISF) orqali qo‘llab-quvvatlanuvchi, Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamkorligida, shuningdek Uch tomonlama Kelishuv dasturi doirasida O‘zbekistonda kichik bog‘dorchilik fermerlari uchun moslashtirilgan yangi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘urtasini ishga tushirdi.
Mazkur sug‘urta beshta hududda olti asosiy ekin turini qamrab oladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Qishloq xo‘jaligi vazirligi orqali sug‘urta mukofoti summasining 50%ini subsidiyalanishi natijasida sug‘urta himoyasi iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan bog‘dorchilik fermerlari uchun yanada qulayroq bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi, milliy yalpi ichki mahsulotning 24,3% ini tashkil etadi va mehnat bozorining 26% ini ish bilan ta’minlaydi. Meva ishlab chiqarish hajmi 5,1% ga o‘sib, mamlakat 2024-yilda 1 million metrik tonnadan ortiq meva eksport qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining taxminan 65% ini 13% ekin maydonida faoliyat yurituvchi dehqon fermerlari yetishtiradi.
Iqlim o‘zgarishi va noaniq ob-havo sharoitlari tufayli hosildorlikka bo‘lgan xavflarni kamaytirish maqsadida, 2023-yilda “O‘zbekistonda bog‘dorchilik fermerlari uchun Qishloq Xo‘jaligi Sug‘urtasi Tizimi” loyihasi ishga tushirildi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, BMT TD, Swiss Re, Europa Re hamda mahalliy sug‘urta kompaniyalari – Uzagrosug‘urta va Semurg Insurance o‘rtasidagi davlat-xususiy hamkorlik natijasida ishlab chiqilgan birinchi sug‘urta mahsulotlari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi gilos, uzum va o‘rik ekinlarini sovuqqa qarshi himoya qiladi. Sug‘urtaning ikkinchi bosqichi anor, olma va yong‘oq ekinlarini ham qamrab oladi.
2025-yil 3-aprel kuni ushbu qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mahsulotlari mahalliy sug‘urta kompaniyalari, davlat idoralari va mahalliy fermerlar uyushmalariga taqdim etildi. Sug‘urta mahsulotini manfaatdor tomonlarga – Sug‘urta Bozori Professional Ishtirokchilari Assotsiatsiyasi, Gidrometeorologiya Xizmati Markazi va boshqa davlat va xususiy sektor vakillari taqdim etish ushbu iqlimga bog‘liq agro-sug‘urta mahsulotlarini kengroq hududlarga tarqatish va fermerlarni moliyaviy jihatdan himoya qilishni kengaytirish strategiyasining bir qismidir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi Moliyalashtirish va subsidiyalash departamenti rahbari Ilhom Juraev shunday dedi:
“Agrar sohadagi xavflar hosil yetishtirish, fermerlarning farovonligi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy tahdid soladi. Qishloq xo‘jaligidagi xavflarning yuqori darajasi hamda iqlim o‘zgarishi natijasida ularning ortib borishini hisobga olgan holda, agro-sug‘urtaning rivojlanishi xavflarni boshqarishning asosiy yo‘llaridan biridir. Fermerlarning ekinlarini sug‘urta qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi muhimligini ta’kidlab, sug‘urta kompaniyalarini ushbu yo‘nalishni birgalikda rivojlantirishga taklif qilaman.”

“Uzagrosug‘urta” Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi departamenti rahbari Sobir Hasanov shunday qo‘shimcha qildi:
“Agro-sug‘urta O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xavflarni, jumladan, iqlim xavfini boshqarishning asosiy usullaridan biridir. Sug‘urta kompaniyalari va sohaga aloqador boshqa idoralar vakillari uchun ushbu loyihada ishtirok etish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. ‘Uzagrosug‘urta’ nomidan O‘zbekiston fermerlarini bugundan boshlab hosillarini himoya qilishga chaqiramiz.”

Trening Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTDning “O‘zbekistonda sug‘urta va risklarni moliyalashtirishni takomillashtirish” global loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi loyihada ishtirokchi davlatlarida sug‘urta tizimini rivojlantirishda yordam ko‘rsatishdan iborat. O‘zbekiston sug‘urta bozori, shu jumladan: sug‘urta siyosatini mamlakatning iqtisodiy rivojlanish dasturiga integratsiyalash, inklyuziv sug‘urtani rivojlantirish, suveren risklarni, tabiiy ofatlar tavakkalchiligini moliyalashtirish, sug‘urta sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar. Trening esa “O‘zbekistonda Agro-sug‘urtani Rivojlantirish” loyihasi doirasida Swiss Re va Europa Re sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.