Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish.
Loyihaning maqsadi:
Afg‘oniston fuqarolari uchun yangi va mavjud ta’lim imkoniyatlarini yaratish orqali kasbiy ta’lim dasturlari va qisqa muddatli o‘quv kurslarini kengaytirish - yoshlar va ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda – hamda Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi (Markaz) salohiyatini yanada mustahkamlash.
Asosiy maqsadlar:
Afg‘oniston fuqarolariga kasbiy ta’lim dasturlari va o‘quv kurslariga ishtirok etish, ish topish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek ko‘chish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun ularning turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash.
Kutilayotgan natijalar:
Markazning texnik salohiyatlarini kengaytirish hisobiga O‘zbekistondagi Afg‘oniston fuqarolari kasbiy ta’lim va malaka oshirish dasturlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.