Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasining “Infratuzilmani boshqarishda muhandislik xizmatlari va salohiyatini oshirish” B komponenti
Loyiha tavsifi:
Loyiha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma tashabbusi boʻlib, Islom taraqqiyot banki (IDB) va OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi moliyaviy koʻmagida qulay sharoit yaratish va ularning asosiy infratuzilma, ijtimoiy va iqtisodiy xizmatlardan, shu jumladan, sog‘liqni saqlash va ta'limdan foydalanish imkoniyatini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning ta'siri:
Loyihaning kutilayotgan ta'siri qashshoqlikni inklyuziv qisqartirish va barqaror o‘sish orqali iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha milliy rivojlanish maqsadiga erishishga hissa qo‘shishdan iborat. Loyiha samarasi qishloq aholisi farovonligini oshirish, iqtisodiy va daromad olish imkoniyatlarini yaratishdir.
Asosiy maqsadlar:
1) Mahalliy hamjamiyatlarning o‘z manfaatlarini aniqlash va qiziqish va ehtiyojlarni namoyish etish salohiyatini kuchaytirish;
2) Mahalliy arxitektura va loyiha institutlari va hududiy qurilish boshqarmalari vakillarini tayyorlash;
3) Gender jihatlarini hisobga olgan holda innovatsion IT-yechimlar va raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun qurilish sektori va arxitektura dizayni salohiyatini rivojlantirish;
4) Barqaror infratuzilmani ta'minlash uchun qarorlar qabul qilish jarayonlariga mahalliy hamjamiyatlarni jalb qilish.
Kutilayotgan natijalar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining (46 ta MFY), Xorazm (49 MFY), Buxoro (41 ta MFY) va Navoiy (34 MFY) viloyatlarning 20 ta tumanidagi 170 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida (40 ta markaziy va 130 ta yondosh mahalla) yo‘l-transport infratuzilmasini, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, bolalar bog‘chalari, umumta’lim maktablari kabi ijtimoiy ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash orqali 710 mingga yaqin aholining turmush darajasi maqsadli hududlarda mahalliy aholining keng ishtiroki asosida takomillashtirildi.
- 30% dan ortiq ayollar/yoshlar ishtirok etgan jamoalarda va mahalliy muassasalarda 10 000 kishi o‘qitilgan/malakali ko‘tarildi.