[YAKUNLANGAN] Barqaror rivojlanishni moliyalashtirish
Holati: | Amaldagi |
Amalga oshirish muddati: | Yanvar 2020 -Dekabr 2023 |
Byudjet: | USD 570 000 |
Faoliyat sohasi: | Inklyuziv va barqaror rivojlanish |
Hamkorlar: | O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
Barqaror rivojlanish maqsadlari: | 1-maqsad: O’ta qashshoqlikka barham berish 8-maqsad: Munosib ish o’rinlari va iqtisodiy o'sish 17-maqsad: Barqaror rivojlanish yo’lida hamkorlik |
Loyiha hujjati: | |
Qisqacha tavsif: | Loyihaning maqsadi – Moliyalashtirishning integratsiyalashgan milliy tizimini yaratishni qo‘llab-quvvatlish, rivojlanishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan davlat va xususiy resurslarni safarbar etish, siyosat/islohotlarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish dasturi doirasidagi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlarga ta'sirini maksimal darajada kuchaytirish uchun “talab asosidagi ko‘mak mexanizmi”, deb nomlangan tadqiqotlar va salohiyatni rivojlantirish platformasini yaratishdan iborat. |
Kutilayotgan natijalar: | Loyiha O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan samarali moliyalashtirish strategiyasini yaratish maqsadida muloqot, muvofiqlashtirish va choralar ko‘lamini kengaytirish hamda milliy salohiyatni yuksaltirishga qaratilgan. Loyihadan kutilayotgan natija - O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish defisitini kamaytirishga qaratilgan moliyalashtirish tizimini kuchaytirishdan iborat. Mazkur natijaga erishish uchun loyiha 4 ta komponent doirasida amalga oshiriladi: - Moliyalashtirishning integratsiyalashgan milliy tizimini yaratish; - Me'yoriy-huquqiy va institusional asoslarni yaratish hamda investisiya kiritishning innovasion uslublarini sinov tariqasida joriy etish; - Davlat moliyasini boshqarish tizimining shaffoflik va hisobdorlik darajasini yuksaltirish. - Islohotlar jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida salohiyatni yuksaltirish ilmiy-tadqiqot platformasini yaratish. |
Bog’lanish uchun ma’lumot: | Fayzulla Salakhuddinov E-pochta: fayzulla.salakhuddinov@undp.org Telefon: (+998 71) 120 34 50 100029, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko'chasi 4 |
Nashrlar (agar bo'lsa): | Fuqarolar uchun Byudjet 2019, Fuqarolar uchun Byudjet 2020, Fuqarolar uchun Byudjet 2021, |
Moliyalashtirish: | BMTTD ning asosiy resurslari |
Loyiha haqida ko'proq ma'lumotni ochiq portalda bilib oling. |