[YAKUNLANGAN] Fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash

O‘zbekistonning qurg‘oqchil rayonlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash

Loyihaning maqsadi:

Iqlim oʻzgarishining oqibatlari Orolboʻyi mintaqasida ancha seziladi boʻlib, vaziyat Orol dengizining qurishi bilan keskinlashgan. Salbiy oqibatlaridan biri – qurgʻoqchilik holatlarining ortishi bʻlib, u Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilayotgan suv resurslari yetishmovchiligi sharoitida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligi uchun katta xavf tugʻdirmoqda. Iqlim Oʻzgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konvensiyasi (IOʻDK) Adaptatsiya (Moslashish) Fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning faoliyati markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari va zaif qishloq jamoalarining iqlimiy barqarorligini ta’minlashada koʻmak koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. Asosiy tadbirlar 2017-2021 yillarda Respublikani yanada rivojlantirish boʻyocha harakatlar strategiyasiga, xususan, “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” uchinchi ustuvor yoʻnalishiga mos ravishda rejalashtirilgan.

Kutilayotgan natijalar:

  • Qurgʻoqchilikni boshqarish va uni oldindan ogohlantirish tizimi uchun institutsional va texnik imkoniyatlarni yaratish;
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ishlab chiqarishni iqlimga bardosh tizimlari va yaylovdagi chorvachilikni olib borish amaliyotini joriy qilish;
  • Iqlim o‘zgarishi oqibatida qurg‘oqchilikning oshishi xatarliklariga moslashuvni landshaft darajasida amalga oshirish;
  • Bilimlarni amalda qoʻllash va iqlim oʻzgarishiga moslashish haqida maʻlumotni tarqatish.

Yutuqlarimiz:

-  Qoraqalpogʻistonda barcha meteorologik kuzatuv tarmoqlari (10 meteorologiya stansiyalari) avtomatlashtirildi va Amudaryoning ikkita asosiy punktlarida suv sarfini nazorat qilish boʻyicha ikkita stansiya butunlay modernizatsiya qilindi; Xodimlarga va milliy mutaxassislarga yangi asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish qoidalari oʻrgatildi;

-  Qurgʻoqchilikni oldindan ogohlantirish tizimi (QOOT) Amudaryoning quyi oqimlari sharoitlariga moslashtirilgan; milliy ekspertlar QOOTni amalga oshirish, texnik xizmat koʻrsatish va ma’lumotlar toʻplashga oʻrgatildi;

-  Fermer va dehqonlarga iqlim oʻzgarishiga moslashish masalalari boʻyicha keng ma’lumot berish uchun 3 ta konsultatsiya va axborot markazini tashkil etishga koʻmak koʻrsatildi;

-  Loyiha tomonidan taqdim etilgan dalani lazer texnoligiyasi yordamida tekkislash uskunasidan foydalanilgan holda 460 ga yer maydonida namunaviy ishlar olib borildi;

-  Kegeyli va Chimboydagi 22 ga yer maydonda agro va suvni tejash texnologiyalarini qoʻllash ishlari taqdim etildi; 80 ga-dan ortiq uchastkalarda landshaft darajasida moslashuv choralari amalga oshirildi;

-  Loyihaning asosiy faoliyati va yutuqlarini yoritish uchun veb-sayt (www.climatechange.uz) ishga tushirilgan, u yerdagi ma’lumot doimiy ravishda yangilanadi;

-  Tematik nashrlar ishlab chiqilib chop etildi va 6000ga yaqin loyiha maqsadli guruhlari vakillari hamda benefitsiarlariga tarqatildi;

-  Loyiha maqsadli auditoriyasining 47 979 nafar vakillariga landshaft darajasida qoʻllaniladigan adaptatsiya choralari toʻgʻrisida ma’lumot taqdim etildi, shuningdek, oʻtkazilgan 25 ta trening, seminar va konferensiyalar orqali ularning iqlimiy barqaror qishloq xoʻjaligini olib borish usullari boʻyicha bilimlari oshirildi.