Yoshlar va raqamli iqtisodiyot

Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish

Loyihaning qisqacha tavsifi:

Loyiha O’zbekiston Respublikasi Iqstisodiy Taraqqiyot va Kambag’allikni Qisqartirish Vazirligi va BMTTDning qo'shma tashabbusi hisoblanadi. Qo'shma loyiha Rossiya Federatsiyasi – BMTTD Trast fondi moliyaviy ko'magi bilan amalga oshiriladi.

Qo'shma loyihaning maqsadi - yoshlar, ayniqsa, ayollar o'rtasida raqamli tadbirkorlik bo'yicha barqaror bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ularning ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, COVID-19 va shunga o'xshash inqirozlarga raqobatbardoshlik va qarshilik ko'rsatish va shu orqali tengsizlikni kamaytirish, inklyuziv, innovatsion va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va ish o'rinlarini yaratish.

Qo'shma loyiha quyidagilarni qo'llab-quvvatlash orqali hukumatga yordam beradi: a) raqamli tadbirkorlik muhiti va yosh tadbirkorlarning raqamli ko'nikmalarini takomillashtirish; b) yoshlar bandligiga ko'maklashishga qaratilgan raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha institutsional salohiyatni mustahkamlash; c) yoshlarning raqamli tadbirkorlik va startap loyihalarini moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish.

Kutilayotgan natijalar:

Qo‘shma loyihani amalga oshirish natijasida manfaatdor tomonlar raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish, birinchi navbatda, yoshlar bandligini ta’minlash imkoniyatlari kengaytiriladi. Xususan:

  • Hukumatning yoshlarga qaratilgan yondashuvga asoslangan siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasidagi institutsional salohiyati, shu jumladan, yoshlar uchun raqamli tadbirkorlik dasturlarini amalga oshirish choralari, yoshlarni davlat va xususiy sektor o'rtasida barqaror muloqotni tashkil etish orqali qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilish, shuningdek, yoshlarga qaratilgan davlat siyosatini samarali monitoring qilish, baholash va to'g'rilash choralari kuchaytiriladi;
  • Yoshlarning raqamli ko'nikma va raqamli tadbirkorlikka oid keng ko'lamli o'quv dasturlaridan foydalanishlari, kontekstga moslashtirilgan va gender sezgir yangi texnologik echimlarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish, yoshlar boshchiligidagi kichik korxonalarning raqamli transformatsiyasini o'z ichiga olgan davlat va xususiy moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Impact

START DATE

January 2022

END DATE

December 2025

STATUS

Ongoing

PROJECT OFFICE

Uzbekistan

IMPLEMENTING PARTNER

UZB MINISTRY OF ECONOMICS

DONORS

GOVERNMENT OF RUSSIAN FEDERATION

IT Park Uzbekistan

SWISS AGY FOR DEVELOPMENT & COOPERATION

TOTAL CONTRIBUTIONS

$1,221,849

DELIVERY IN PREVIOUS YEARS

2021$279

2022$500,901

2023$331,139

2024$166,138

Full Project information