2019 yilning 25-27 mart kunlari Toshkentda davlat xizmatchilari va jamoatchilik tashkilotlarining 55 vakili uchun BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konventsiyasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish borasidagi oltinchi davriy maʼruzasini tayyorlash boʻyicha seminar-trening boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi va BMTTDning “Oʻzbekiston Respublikasida BMT nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish” qoʻshma loyihasi umumiy tashabbusi doirasida, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, BMTning inson huquqlari boʻyicha Markaziy Osiyodagi idorasi va Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitalarining moliyaviy koʻmagi bilan tashkil etildi.
Oʻzbekiston 1995 yilning iyunь oyida BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konventsiyasiga qoʻshildi. Mamlakat hukumati har toʻrt yilda mazkur konventsiyaning qoidalarini bajarish boʻyicha bajarilgan ishlar haqida BMTning Xotin-qizlarni kamsitishga barham berish boʻyicha qoʻmitasiga (XQKBQ) oʻz maʼruzasini taqdim etadi. Milliy maʼruzani koʻrib chiqish yakurlariga koʻra ushbu qoʻmita oʻzining yakuniy mulohazalarini va bu hujjatda milliy miqyosda ayollarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vaziyatni yaxshilash uchun zarur boʻlgan keyingi qadamlar koʻrsatib oʻtiladi. 2015 yilda Oʻzbekiston oʻzining soʻnggi beshinchi maʼruzasi boʻyicha Qoʻmitaning tavsiyalarini olgan. Unda Qoʻmitaning oilaviy munosabatlar, oiladagi zoʻravonlik, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish sohasida qonunchilik bazasini kuchaytirish, shu jumladan, ana shu sohalardagi qonunlar, sud qarorlari va siyosiy hujjatlarni ishlab chiqishda asos sifatida xizmat qiluvchi, gender tenglikni taʼminlash va ayollarning holatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan genderga oid statistik maʼlumotlarni yigʻish, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish toʻgʻrisidagi hamda oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini tasdiqlash jarayonini tezlashtirish va ularning Konventsiyaga toʻliq mosligini taʼminlash borasidagi koʻrsatmalari oʻrin olgan.
Treningni Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha boshqaruvchi Ashita Mittallar oʻzlarining kirish soʻzlari bilan ochib berdilar. Hozirda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishga barham berish boʻyicha qoʻmitasining aʼzosi boʻlgan Liya Nadaria treningga mutaxassis sifatida taklif qilindi.
Ashita Mittal oʻz nutqida Samarqand Inson huquqlari deklaratsiyasini qabul qilish orqali Oʻzbekiston inson huquqlari boʻyicha barcha xalqaro majburiyatlariga toʻliq rioya etilishini taʼminlayotganligini tasdiqlagan holda, jins va boshqa har qanday belgilar boʻyicha tenglik va kamsitmaslik tamoyillariga alohida eʼtibor qaratayotganligi, shuningdek, BRM va inson huquqlarini taʼminlashga erishishda gender jihatlarini hisobga olayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
Xalqaro va milliy ekspertlar ishtirok etgan bu uch kunlik trening davomida gender va gender stereotiplari, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konventsiya qoidalari va BMTning Xotin-qizlarni kamsitishga barham berish boʻyicha qoʻmitasining faoliyati masalalari, gender boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va inson huquqlari boʻyicha milliy harakat rejalarini oʻz ichiga olgan davriy hisobot taqdim qilish tartibi va Qoʻmitaning tavsiyalarini bajarishga boʻyicha harakatlar mavzularida qator oʻquv sessiyalari oʻtkazildi. Amaliy sessiyalar davomida esa, ishtirokchilar inson huquqlari boʻyicha tasviriy koʻrsatkichlarni qoʻllash, hisobotlar tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni ishlab chiqishlari barobarida, XQKBQga davlat delegatsiyasi maʼruzasini taqdim qilish boʻyicha konstruktiv muloqotning sinov koʻrinishini oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston Respublikasining yuqoridagi konventsiya boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish va mamlakatda ayollar huquqlarining ahvolini yaxshilash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va mavjud amaliyotni takomillashtirish turli davlat xizmatlari vakillari va fuqarolik jamiyati vakillari oʻrtasida munozaralar davomida koʻtarilgan dolzarb masalalardan biriga aylandi. Seminar-trening davomida olingan bilim va koʻnikmalar BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konventsiyasini amalga oshirishda xalqaro majburiyatlarini bajarish borasidagi oltinchi davriy maʼruzasini tayyorlashda va XQKBQ hisobot davri yakunlari boʻyicha BMT Qoʻmitasining yangi tavsiyalarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati vakillarini keng jalb qilgan holda kelgusida qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.