Oʻzbekiston iqlim majburiyatlarini mustahkamlaydi: NDC 2.0 tahlili va NDC 3.0 ishlab chiqilishi

6-March, 2025
A woman in a colorful jacket speaking at a podium with UN flags in the background.
© O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

Toshkent, 2025-yil 5-mart – Oʻzbekiston oʻzining iqlim majburiyatlarini mustahkamlash yoʻlida qat’iy qadamlar tashlamoqda. Bunga Milliy miqyosda belgilanadigan hissalar, ya’ni NDC 2.0 tahlili va NDC 3.0 ishlab chiqish boʻyicha Yoʻl xaritasini taqdim etish orqali erishilmoqda. Muvofiqlashtiruvchi seminar doirasida milliy va xalqaro manfaatdor tomonlar erishilgan yutuqlarni muhokama qilib, Oʻzbekistonning kelajakdagi iqlim maqsadlarini shakllantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan yondashuvni ta’minlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Oʻzbekiston hukumatini ushbu jarayonning har bir bosqichida qoʻllab-quvvatlab kelmoqda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tadbirni tashkil etmoqda. Tadbir davomida NDC 2.0 tahlilining asosiy xulosalari asosida ishlab chiqilgan NDC 3.0 yoʻl xaritasi va UNFCCC koʻrsatmalariga muvofiq NDC 3.0ni ishlab chiqish boʻyicha milliy yondashuv taqdim etiladi.

"Bugungi tadbir Oʻzbekistonning Braziliyada boʻlib oʻtadigan COP30ga yoʻlida muhim bosqich hisoblanadi. Parij kelishuvi imzolanganiga oʻn yil toʻlishi arafasida biz iqlim haroratining 1,5°C darajada ushlab turish va iqlim barqarorligini mustahkamlash boʻyicha global sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun hal qiluvchi davrga kirib bormoqdamiz. Ayniqsa, Oʻzbekiston kabi mamlakatlar tomonidan yangi NDClarning taqdim etilishi global iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashning asosiy tarkibiy qismidir," – dedi BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii tadbirning ochilish marosimida.

A man in formal attire speaks at a conference, with flags in the background.
© O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi

"Men aynan shuni ta’kidlashni istardimki, NDC 3.0 tayyorlanishi barcha manfaatdor tomonlarning umumiy javobgarligidir. Milliy vazirliklar va idoralar mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda realistik va ambitsiyali iqlim maqsadlarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi", - deb ta’kidladi Farruh Sattarov, Milliy iqlim o'zgarishi markazi direktori.

Seminar davomida davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari iqlim siyosatini mustahkamlash va iqlim boʻyicha harakatlarni kengaytirish uchun resurslarni safarbar qilish masalalarida fikr almashadilar. Shuningdek, ishtirokchilar NDC 3.0ni shakllantirish jarayonida BMT tizimining koʻmagi va hissasi boʻyicha fikr almashib, milliy ustuvor yoʻnalishlar va global iqlim majburiyatlariga muvofiqlikni ta’minlashga e’tibor qaratadilar.

Oʻzbekiston global iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashga hissa qoʻshish, yashil iqtisodiyotga adolatli oʻtish va iqlim barqaror hamda barqaror rivojlanishga erishish uchun shaffof va ijtimoiy jihatdan inklyuziv NDC 3.0 ishlab chiqish jarayoni orqali oʻz iqlim majburiyatlarini yanada oshirishga sodiq qolmoqda.

Ushbu ish Daniya, Lyuksemburg va Koreya Respublikasi hukumatlarining Funding Windows orqali yoʻnaltirilgan saxovatli hissalari tufayli amalga oshdi. BMT Taraqqiyot Dasturining moslashuvchan va birlashtirilgan tematik moliyalashtirish boʻyicha asosiy mexanizmi sifatida Funding Windows BMT Taraqqiyot Dasturiga dunyo boʻylab ehtiyojlar va yangi muammolarga tezkor va kompleks javob berish imkonini beradi.